Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan IIV kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida Ichki ishlar vazir o‘rinbosari Najmiddin To‘raxojayev lavozimidan ozod qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, tizimda raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi tanqid qilindi. Ichki ishlar vazirining bu masalalar uchun mas’ul o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha yetkazilmagani ko‘rsatib o‘tildi va shu munosabat bilan Najmiddin To‘raxojayev lavozimidan ozod qilindi.

Najmiddin To‘raxo‘jayev
Foto: IIV matbuot xizmati

Najmiddin Sadirovich To‘raxo‘jayev vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib 2021-yilning fevralida tayinlandi. Ilgari u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazini boshqargan.

Prezident mahallada jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangicha ish tartibini belgilab berdi.

Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligiga:

  • jinoyat qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi aholi bilan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida ishlash bo‘yicha “mahalla beshligi”ning vazifalarini aniq belgilab berish;
  • yosh toifasi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan kelib chiqib, ularning har bir guruhi uchun alohida metodika ishlab chiqish topshirildi.

Endi profilaktika inspektori hududida jinoyat qilishga moyilligi bor shaxslarni aniqlaydi, “mahalladagi beshlik” ularning muammolarini hal qiladi.

Bundan avval prezident bosh prokuror birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonovga, mahallada profilaktika inspektorlari ishini lozim darajada tashkil qilmagani uchun, ichki ishlar vazirining ushbu sohaga mas’ul o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevga hayfsan e’lon qilgan va uch oy sinov muddati tayinlagandi.

Barcha viloyat prokurorlari va IIB boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli xulosa qilmasa, yil yakuni bilan barchasi lavozimidan ozod etilishini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »