Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 21 yoshli talabasi Jahongir Ulug‘murodov “jihod” va “hijrat”ga daʼvat qiluvchi o‘zbek tilidagi nashidalarni Telegram’da tarqatgani uchun qamalgandi.

U Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) bilan ayblanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

19-iyul kuni Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati appelyatsiya instansiyasining ajrimi bilan birinchi instansiya sudining Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Biroq Ulug‘murodovning advokati A.Abdullayev sudlov hayʼati appelyatsiya instansiyasi tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan kassatsiya shikoyati kiritgandi

Bugun Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida advokat A.Abdullayev tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi. 

Sud majlisida qayd etilganidek, quyi sudlar J.Ulug‘murodovga oid jinoyat ishi tafsilotlarini to‘g‘ri aniqlab, uning aybliligi haqida asosli xulosaga kelgan.

J.Ulug‘murodovning sud hukmida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikdagi aybi dastlabki tergov va birinchi instansiya sudida guvohlarning birinchi instansiya sudi majlisida, mutaxassislarning apellyatsiya instansiyasida bergan ko‘rsatmalari, bildirgi, bayonnomalar, fotojadvallar, tushuntirish xatlari, sudga oid dinshunoslik va adabiyotshunoslik ekspertizalarining xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa ishonchli va maqbul dalillar yig‘indisi bilan o‘z isbotini topgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Birinchi instansiya sudi J.Ulug‘murodovning jinoiy harakatlarini Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilib, unga nisbatan jazo tayinlashda yoshligi, talaba ekanligi, muqaddam sudlanmagani, o‘qish joyidan ijobiy tavsiflangani, oilaviy sharoiti, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida asoslagan bo‘lsa-da, ish holatlariga, uning sodir etgan jinoiy qilmishi, o‘zining shaxsi va sodir etilgan ijtimoiy qilmishga nisbatan keyingi munosabatlariga yetarlicha e’tibor qaratmasdan, J.Ulug‘murodovni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish mumkin emas, deb ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlagan. 

Jinoyat-protsessual kodeksining 509-9-moddasi (kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari) da kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini ko‘rib chiqishda birinchi instansiya sudining hukmini va appelyatsiya instansiyasi ajrimini o‘zgartirish to‘g‘risida ajrim qabul qilishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Shu sababli kassatsiya sudlov hay’ati ish bo‘yicha J.Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlarini o‘zgartirib, uning yoshligi, talaba ekanligi, muqaddam sudlanmagani, o‘qish joyidan ijobiy tavsiflangani, oilaviy sharoiti, qilmishidan pushaymonligi, shuningdek jinoyat sodir etgandan keyingi xulq-atvori kabi holatlarni e’tiborga oldi.

Shu tariqa Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 28-iyuldagi ajrimiga muvofiq J.Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, unga Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ushbu kodeksning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llagan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J.Ulug‘murodovning 2023-yil 24-fevraldan 2023-yil 28-iyulga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 4 kun Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari)ga asosan chegirilib, o‘tash uchun 2 yil 6 oy 26 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilandi.

J.Ulug‘murodovga ozodlikni cheklash jazosini yashash joyi bo‘yicha o‘tash belgilanib, soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqish taqiqlandi.

J.Ulug‘murodovga Jinoyat kodeksining 48-1-moddasi (ozodlikni cheklash) 5, 6-qismlari talablari tushuntirilib, sudlangan J.Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

Advokat A.Abdullayevning himoyasi ostidagi J.Ulug‘murodovni oqlash haqidagi shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »