Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nigerdagi harbiy isyon tarafdorlari mamlakat parlamenti binosi oldida miting uyushtirdi. Ularning ayrimlari Rossiya bayroqlarini ko‘tarib olgandi, deb yozmoqda BBC.

Foto: Reuters

Mitingchilarning bir qismi hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Muhammad Bazumning partiyasi qarorgohiga hujum qilib, unga o‘t qo‘ydi.

26-iyul kuni kechqurun Bazum va uning rafiqasi o‘z qarorgohida prezident gvardiyasi tomonidan hibsga olingan edi. Ertasi kuni harbiylar Bazum lavozimidan chetlatilganini va mamlakat chegaralari yopilganini e’lon qildi.

Boshqa mamlakatlar qatori rasmiy Rossiya prezident Bazumni ozod etishga chaqirgan. Mitingchilarning Rossiya bayroqlarini ko‘tarib olishi sabablari noaniq.

Ayni vaqtda G‘arbiy Afrikaning ushbu mamlakatini kim boshqarayotgani ham tushunarsiz. Armiya qo‘mondoni isyonchilarni qo‘llagan, o‘zining aytishicha, mamlakat Qurolli kuchlari birligini saqlash va qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday qilgan.

Xuntaning o‘zi ham rahbari kimligini e’lon qilmagan.

Davlat televideniyesida prezident ag‘darilgani to‘g‘risidagi harbiylar murojaati vatanparvarlik ruhidagi musiqa va Qur’on oyatlari bilan aralashtirib takroran qo‘yib berilgan. Odatda tushlik vaqti efirga chiqadigan yangiliklar dasturi 27-iyul kuni namoyish etilmagan

Ammo Niger poytaxti Niameyda do‘konlar va bozorlar odatdagi vaqtda ochilgan, ertalabki yomg‘irdan keyin esa isyonchilarning tarafdorlari ko‘chalarga chiqqan.

Yuzlab namoyishchilar Milliy assambleya (parlament) binosi oldida to‘plangan. Ularning ayrimlari bayroqlarni hilpiratgan, boshqalari “Fransiya yo‘qolsin!” va “Xorij bazalari daf bo‘lsin!” yozuvlari aks etgan plakatlarni ko‘tarib olgan.

Ma’lumot uchun, Niger 1960-yilga qadar Fransiya mustamlakasi bo‘lgan va hozirgacha bu yerda fransuzlar ta’siri va harbiy bazalari saqlanib qolgan.

Uran rudasiga boy bo‘lgan ushbu mamlakat — G‘arbning Saheldagi (Sahroyi Kabir janubiga tutashgan mintaqa) asosiy hamkorlaridan biri, bu yerda nafaqat fransuzlarning, balki mahalliy hukumatga qurollangan radikal guruhlarga qarshi kurashda yordam beruvchi Amerika qo‘shinlari bazasi ham joylashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »