Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban "Kossuth" radiosi orqali qilgan chiqishida, Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish, o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash tarafdori ekanini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa AQSH kabi "katta pul ishlashga" qodir emas. Shunday bo‘lsa ham, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 100 milliard yevro ajratishni taklif qilmoqda.

"Har xil moliyaviy manipulyatsiyalar yordamida amerikaliklar juda ko‘p pul ishlashlari mumkin, ammo Yevropa boshqa masala, bu yerda bunga moslashishmagan. Biz amerikaliklar kabi osonlik bilan pul ishlab topa olmaymiz”, — dedi bosh vazir.

Uning ta’kidlashicha, "Yevropa iqtisodiyoti muammoga duch kelmoqda" va "urushning oxiri hozircha ko‘rinmayapti".

Viktor Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududidagi janglar endi ukrainaliklarning o‘ziga emas, balki G‘arb davlatlariga kerak. “Bu urush endi Ukraina urushi emas. Ukrainaliklarning kuchi tugadi, faqat G‘arbning pullari Ukrainani ushlab turibdi”, — deya xulosa qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »