Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Noto‘g‘ri ovqatlanish oshqozon muammolariga olib keladi. Siz oshqozon muammolarini e’tiborsiz qoldirolmaysiz, har safar og‘riqni tabletkalar bilan bostirishga harakat qilasiz. Oshqozon og‘riganda nimalar yeyish mumkin?

Foto: Wday

Oshqozon og‘riganda parhez tavsiyalari

Agar oshqozon bilan bog‘liq muammolar surunkali bo‘lsa, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilish va adekvat diyetani tanlash muhimdir. Bu gastroenterolog tomonidan amalga oshirilishi kerak. U oshqozon og‘riganda nima yeyish mumkinligini batafsil tushuntiradi.

Avvalo, ovqatlanish madaniyatiga e’tibor berishingiz kerak. Quyidagi qoidalar majburiydir:

  • vaqtida ovqatlaning;
  • ovqatni qismlarga bo‘lib (kuniga 5-6 marta) tanovul qiling;
  • juda sovuq yoki haddan tashqari issiq ovqat va ichimliklar iste’mol qilmang;
  • ovqatni yaxshilab chaynashga e’tibor bering va yumshoq ovqatlarga ustunlik bering;
  • qovurilgan taomlarni iste’mol qilishdan tiyiling.

Hech bo‘lmaganda vaziyat barqarorlashguncha va og‘riq yo‘qolguncha ushbu qoidalarga rioya qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu 3-5 oy davom etishi mumkin. Vaziyatni yomonlashtirmaslik uchun buzilishlardan qochish kerak. Agar oshqozoningiz og‘risa, nima yeyishingiz mumkin — bu muhim savol. Oziqlanishdagi har qanday xato kuchli og‘riqlar hujumiga olib kelishi mumkin.

Oshqozon og‘riganda nimalar mumkin-u, nima mumkin emas?

Avvalo, nimadan butunlay voz kechishingiz kerakligini bilib oling. Qat’iy taqiqlangan ovqatlar ro‘yxatiga nordon mevalar, yangi pishiriqlar, konservalangan, dudlangan va tuzlangan oziq-ovqat mahsulotlari, gazlangan va alkogolli ichimliklar, muzqaymoq kiradi. Oshqozonni bezovta qiladigan o‘tkir yoki qattiq sabzavotlarni (turp, rediska, shovul, barra oq karam), qizdiruvchi ziravorlarni iste’mol qilmang. Har qanday yog‘li (go‘sht, baliq, margarin, hayvon yog‘i, souslar) mahsulotlar taqiqlanadi.

Jiddiy cheklovlarga qaramay, diyetangizni turli-tuman oziq-ovqatlar bilan boyitishingiz mumkin. Oshqozon og‘riganda nima yeyishingiz mumkin? Ruxsat etilgan mahsulotlar ro‘yxatida:

  • kam yog‘li baliq navlari;
  • yog‘siz go‘sht qiymasi;
  • sutli kolbasa;
  • qotgan non (kechagi yoki pechda maxsus quritilgan), tuz va ziravorlarsiz quritilgan non;
  • qaynatilgan sabzavotlar pyuresi;
  • sutli bo‘tqalar (guruch, ovsyanka, grechka);
  • bug‘da pishirilgan omlet;
  • makaron;
  • sabzavotli sho‘rvalar;
  • nordon bo‘lmagan kam yog‘li tvorog.

Ichimliklardan quritilgan yoki yangi uzilgan na’matak damlamasi, iliq choy, sut yoki kakao bilan achchiq bo‘lmagan qahvaga afzallik beriladi. Shirinliklardan zefir, murabbo, asalga ruxsat etiladi. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan oz miqdorda sariyog‘ iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

Oshqozon yarasi, gastrit, pankreatit va boshqa kasalliklar jiddiy muammo bo‘lib, tegishli davolanishni talab etadi. Aks holda, oqibatlar fojiali bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »