Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ramenskoye shahrida 60 yoshli o‘zbekistonlik erkak voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi xabar berdi.

Illyustrativ foto

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Ramenskoyedagi turar joy binolaridan birining yerto‘lasida maktab o‘quvchisiga jinsiy tajovuz qilgan. 60 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan, u jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.

Migrantga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.

“Yaqin kunlarda tergov ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bilan sudga iltimosnoma yuboradi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Jinoyat kodeksining 132-moddasi 4-qismi “b” bandi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik) bo‘yicha ayblanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »