Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sog‘lom ovqatlanish mavzusi har doimgidek dolzarb. Ratsiondagi odatiy oziq-ovqatlarni eng foydali va shifobaxsh mahsulotlar bilan almashtirishning iloji bo‘lmasa, unda hech bo‘lmaganda zararlilarini yo‘q qilishga harakat qilishingiz mumkin. Masalan, o‘zingizni bunday mahsulotlarning faqat bittasidan cheklang.

Foto: Woman

Diyetolog Aleksey Kovalkovning bayon qilishicha, non mahsulotlari iste’molini hech bo‘lmaganda asta-sekin bo‘lsa ham cheklash kerak. Gap shundaki, sevimli bagetlarimiz, non va kruassanlarimiz yuqori glikemik indeksga ega. Bu ko‘rsatkich qanchalik baland bo‘lsa, glyukoza qon oqimiga tezroq kiradi va u keskin ko‘tariladi. Bu oziq-ovqatdan keyin bir necha soat o‘tgach, odam yana ochlikni his qilishiga zamin hozirlaydi. O‘z navbatida me’yordan ko‘p ovqatlanish muqarrar ortiqcha vaznga yetaklaydi.

Darvoqe, nonning glikemik indeksi shakarnikidan ham yuqori!

Foto: Woman

Mutaxassisning qayd etishicha, hozir ko‘pchilik odamlarga shakarning bunday yuqori dozalari kerak emas, chunki bizning ishimiz va turmush tarzimiz asosan o‘tirish bilan o‘tadi va harakatsiz hamdir. Ko‘pchilik bir kunda non mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida olingan kaloriyalarni sarflashga vaqtlari yo‘q. Bir bo‘lak nonni energiyasini sarflash uchun sport zalida kamida bir soat jismoniy faollik kerak bo‘ladi. Ammo ko‘pchiligimiz hali ham har bir taomga nonni hamroh qilamiz.

Foto: Woman

Shifokor, shuningdek, agar nondan voz kechishingiz qiyin bo‘lsa, unda bu shunchaki odat masalasidir. Bemorlar har kuni mutaxassis huzurida bo‘lganida ular hamma narsadan, hatto, shirinliklardan ham voz kechishlari mumkinligini aytadilar, lekin non borasida esa qat’iy qaror qabul qila olmaydi. Diyetolog  ularga kun bo‘yi zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi kaloriya olish uchun diyetani qayta ko‘rib chiqishni maslahat beradi.

Foto: Woman

Parhezshunoslar oq unli nonni bolalikdan bizga tanish bo‘lgan javdar yoki butun donli non bilan almashtirishni maslahat beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »