Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Ukrainadagi urushga bag‘ishlangan yig‘ilishda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni don bitimining ishini qayta boshlashga chaqirdi. Uchrashuv stenogrammasi Kreml saytida chop etildi.

Foto: Arxiv / Kreml
“Biz bu yerga qandaydir ehson so‘rash uchun kelganimiz yo‘q. Albatta, siz ma’lum qiyinchiliklarga duch kelayotgan ayrim Afrika davlatlariga saxovat ko‘rsatib, don berishga qaror qilganingizni tushunamiz, lekin bu yerdagi asosiy maqsadimiz bu emas. Asosiy vazifamiz bunday yo‘l bilan beriladigan mahsulotlarga erishish emas”, — dedi Ramafosa.

JAR prezidenti Afrika davlatlari Rossiyaga don bitimidagi ishtirokini davom ettirishni taklif qilganini ta’kidladi. Shuningdek, u Qora dengizni jahon bozorlariga ochish zarurligi haqida gapirdi.

Avvalroq Vladimir Putin Rossiya—Afrika forumining yalpi majlisida Moskva yaqin uch-to‘rt oy ichida Afrikaning bir necha davlatiga 25-50 ming tonna g‘allani tekinga berishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Burkina-Faso, Zimbabve, Mali, Somali, Markaziy Afrika Respublikasi va Eritreyaga don yetkazib berishi mumkin.

Don bitimi doirasida Ukraina 33 million tonnaga yaqin oziq-ovqat eksport qildi. Shu bilan birga, yaqinda g‘alla savdosining to‘xtatilishi mahsulot narxini oshirib yubordi. “Agentstvo” hisob-kitoblariga ko‘ra, hatto Rossiya prezidenti Vladimir Putin tekinga don berishni va’da qilgan oltita Afrika davlati uchun ham g‘alla bitimini qayta tiklash foydaliroq bo‘ladi, chunki Rossiyaning ehsoni ularga kerak bo‘lgan donning oz qismini qoplaydi, narxlarning oshishi esa mamlakatlarga millionlab dollarga tushadi.

Don bo‘yicha kelishuv muddati 17-iyulda tugadi. Rossiya hukumati kelishuvning Moskvaga taalluqli qismlari bajarilmagani sababli u to‘xtatilganini e’lon qildi. 18-iyuldan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina port infratuzilmasi obyektlariga, jumladan, Odessaga hujum qilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi buni Qrim ko‘prigidagi portlash uchun “qasos” deb atamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »