Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan g‘alla kelishuviga qaytishi imkoniyatlarini muhokama qilishdan bosh tortdi. Bu haqda diplomatlarga tayanib, Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Getty Images

WSJ suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti qo‘ng‘iroqlarga javob bermasligi noodatiy holat.

“Erdo‘g‘on telefon qo‘ng‘irog‘i hali amalga oshirmagan bo‘lsa-da, Turkiya rasmiylari Kremlga boshqa kanallar orqali bosim o‘tkazishda davom etmoqda”, — deydi diplomatlar.

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘on Rossiya rasmiylarini “g‘azablantirganidan” keyin Rossiya g‘alla shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan.

Iyul oyida Erdo‘g‘on Rossiya bilan kelishuv shartlariga ko‘ra urush tugaguniga qadar Turkiyada qolishi kerak bo‘lgan Azov qo‘mondonlarini Ukrainaga qaytarishga qaror qilgan.

Bundan tashqari, tahlilchilar va diplomatlar Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qullaganini ta’kidladi.

So‘nggi haftalarda Erdo‘g‘on Putin bilan Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengizdagi portlardan eksport qilishga ruxsat beruvchi kelishuvni yangilash haqida gaplashmoqchi ekanini aytdi.

Turkiya sobiq diplomati va Istanbuldagi Edam tahlil markazi direktori Sinan Ulgenga ko‘ra, bu o‘zgarishlar Turkiya siyosatidagi o‘zgarishlardan darak berishi mumkin.

“Hozir biz Turkiya-Rossiya munosabatlarining boshqa bosqichida turibmiz, bu vaqtda Erdo‘g‘on Putinga kamroq, Putinga esa Erdo‘g‘onga ko‘proq kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Ulgen.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »