Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nonushta kunning eng muhim taomi ekanligini eshitganmisiz? Bu to‘g‘ri — tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nonushta qilishni o‘tkazib yubormaydigan odamlar odatda tezroq vazn yo‘qotadilar va bel sohasida esa kamroq yog‘ to‘planadi. Ertalab ovqatlanish odatiga ega bo‘lganlarga uning foydaliligini 80 darajaga qanday oshirish mumkinligi bilan bo‘lishamiz, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Foto: The Voice Mag

Uyg‘onganingizdan keyin yarim soat ichida ovqatlaning

Tibbiyot fanlari doktori Mett Tannebergning tushuntirishicha, agar ertalab tanani oziqlantirmasak, metabolizm keskin sekinlashadi.  Axir sakkiz soatlik ochlikdan keyin uyg‘ongan organizm uchun bu kerak. Organizm kaloriyalarni sarflashni to‘sib qo‘yishini xohlamaysizmi? Uyg‘onganingizdan keyin yarim soat ichida nonushta qiling.

Ertalab suv iching

Diyetolog Ilana Mulshteynning so‘zlariga ko‘ra, ertalab bir stakan suv ichish nafaqat ozishga, balki sog‘lom bo‘lishga yordam beradigan ajoyib odatdir. Birinchidan, uyqudan keyin suvsizlanamiz va buni imkon qadar tezroq tuzatish kerak. Ikkinchidan, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqatlanishdan oldin ichish odatdagidan kamroq ovqat iste’mol qilishimizga imkon beradi, chunki biz ko‘pincha chanqoqni ochlik bilan aralashtiramiz.

Protein qo‘shing...

Nonushtaga kruassan iste’mol qilishni yoqtirasizmi? Bemalol tanovul qiling! Faqat bitta shart bor: glyukoza miqdori ko‘tarilmasligi uchun birinchi navbatda proteinli ovqatlar iste’mol qiling - masalan, omlet, yunon yogurti, losos balig‘i buterbrodi yoki loviya pastasi.

...va uglevodlar

Biz kruassan haqida hazillashmadik — ertalabki vaqtda uglevodlar juda muhim. Mutaxassis Juli Miller Jons ta’kidlaganidek, agar organizm uglevodlarni olmagan bo‘lsa, u oqsillarni “isrof qiladi”, bu esa ularni mushaklarning kuchi va sog‘lig‘ini saqlash kabi boshqa maqsadlar uchun kamroq foydalanishga zamin yaratadi. Albatta, bulochkalarni klechatkaga to‘la ovsyanka bilan almashtirgan ma’qul – to‘liq donli bo‘tqa sizni uzoq vaqt to‘q tutadi.

Kofe iching

Journal of Sports Nutrition nashrida chop etilgan 2021-yilgi tadqiqotga ko‘ra, ertalab yoki kechqurun mashg‘ulotdan 30 daqiqa oldin bir chashka achchiq qahva miqdorida kofein ichgan odamlar platsebo qabul qilganlarga nisbatan “butun tanadagi yog‘larning oksidlanish tezligini sezilarli darajada oshirgan”.

Qahvani yoqtirmaysizmi? Ko‘k choy yordam berishi mumkin — katexinlar deb ataladigan kuchli flavonoidlar mashqlar paytida qorin yog‘ini ko‘proq sarflashga yordam beradi, shuning uchun ko‘k choy ekspressoga ajoyib alternativ hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »