Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlarini tarvuz o‘g‘irlaganlikda ayblangan fuqaro besh sutkaga qamaldi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: YouTube

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qumqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan video tarqalgandi. Viloyat YHXB holatga munosabat bildirib, voqea aslida boshqacha bo‘lganini ma’lum qilgan.

Tegishli surishtiruv ishlari amalga oshirilganda fuqaro o‘ziga tegishli Labo yukxonasida tarvuzlarning bir nechtasi kamaygani va shu atrofda YPX xodimlari turgani uchun ularni o‘g‘irlikda ayblaganini aytgan.

Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on sudiga jo‘natilgan.

“Bu darajada bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Telefonimda bo‘lgan [video], guruhdagilar uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan”, — deydi ayblanuvchi.

Ayblanuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mart boshlarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ichki ishlar organi xodimining ovqatlanib o‘tirgan joyiga bostirib kirib, tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganlarga chora ko‘rilgandi. Shuningdek, aprel oyida Toshkentda ichki ishlar xodimini o‘ldirib, yoqib yuborgan 3 erkakka hukm o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »