Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevning qarshi hujumi muvaffaqiyatsiz kechayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u NATOning ko‘p milliard dollarlik resurslari samarasiz va maqsadsiz sarflanayotgani, bu esa G‘arb mamlakatlari va soliq to‘lovchilari uchun noqulaylik tug‘dirayotganini qo‘shimcha qildi.

“Ochig‘i, qarshi hujum Kiyevda o‘ylangandek natija bermayapti. Bundan tashqari, NATO davlatlari Kiyev rejimiga o‘tkazgan ko‘p milliard dollarlik resurslar aslida samarasiz, maqsadsiz sarflanayotgani ham ko‘rinib turibdi”, — dedi Peskov jurnalistlar bilan suhbatda.
Foto: RIA Novosti

Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi grafikdan ortda qolayotganini, ammo bu uni bezovta qilmasligi, chunki hammasi reja bo‘yicha ketayotganini aytib o‘tgandi.

Vazir qarshi hujumlarning barchasi “tezkor bo‘lishi kerak” degan yanglish fikr borligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum sekin bormoqda, chunki “havo hujumidan mudofaa muammosi” bor, front oldi chizig‘i esa yuzlab kilometrga cho‘zilgan.

“Raqiblarimiz soni ko‘p. Shunday ekan bu kompyuter o‘yini emas, urush”, — degan vazir intervyuda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »