Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi grafikdan ortda qolayotganini, ammo bu uni bezovta qilmasligi, chunki hammasi reja bo‘yicha ketayotganini aytdi.

Foto: CNN

Vazir qarshi hujumlarning barchasi “tezkor bo‘lishi kerak” degan yanglish fikr borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum sekin bormoqda, chunki “havo hujumidan mudofaa muammosi” bor, front oldi chizig‘i esa yuzlab kilometrga cho‘zilgan.

“Raqiblarimiz soni ko‘p. Shunday ekan bu kompyuter o‘yini emas, urush”, — dedi vazir intervyuda.

Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina janubidagi vaziyat, asosan, Rossiya minalagan maydonlar tufayli sekinlashgan, ularni buzib o‘tish qiyin. Ukraina harbiylari minalangan maydonlar bo‘ylab xavfsiz yo’llar qurishi kerak, dedi vazir.

Reznikov anneksiya qilingan Qrimga va Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan dronlar hujumiga ham izoh berdi. Uning bildirishicha, Kiyev bunday hujumlarni davom ettiradi.

“Bu nishonlarning barchasi rasmiy, chunki ularga zarba berish ruslarning bizga qarshi kurash qobiliyatini pasaytiradi va ukrainaliklarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi”, — dedi Reznikov Qrimga so‘nggi dron hujumlariga ishora qilib.

Jurnalistning Ukraina Qrim ko‘prigini butunlay ishdan chiqarishni maqsad qilganmi, degan savoliga Reznikov shunday javob berdi:

“Dushmanning o‘q-dorilar, yonilg‘i, oziq-ovqat oladigan logistika yo‘llarini buzish — odatiy taktika. Shuning uchun ularga qarshi ushbu taktikani ishlatamiz”.

Reznikov o‘sha intervyusida NATOning navbatdagi sammitiga qadar: 2024-yil iyulgacha Rossiya—Ukraina urushi Kiyevning g‘alabasi bilan yakunlanishini, shundan so‘ng mamlakat alyansga taklif olishini prognoz qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »