Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arb davlatlari koalitsiyasi Ukrainaning 17 ta brigada jangovar guruhini va 63 000 dan ortiq askarini Kiyev qarshi hujumi uchun tayyorgarlikdan o‘tkazgan, birgina AQSH ulardan 15 000 nafarini o‘qitdi va “mashg‘ulotlar hali davom etmoqda”. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Mark Milli ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Millining eslatishicha, AQSH Kiyevga 800 million dollargacha bo‘lgan qo‘shimcha xavfsizlik yordami paketini taqdim etgan. To‘plamga qo‘shimcha artilleriya tizimlari, jumladan, HIMARS va Patriot zenit-raketa tizimlari kabi havo mudofaa qurollari kiradi. Bundan tashqari, paketda tankka qarshi va aniq boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilari, shuningdek, qurol-yarog‘lar bor, deya ma’lum qildi Pentagon.

Ma’lum qilinishicha, AQSHning Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatgan yordami umumiy miqdori 40 milliard dollardan oshgan.

“Gap nafaqat Rossiyaning noqonuniy urushi, balki Rossiyaga hech qanday harbiy xavf tug‘dirmagan mamlakatga qarshi keraksiz urush haqida bormoqda”, — dedi Mark Milli. 

O‘z navbatida, Pentagon rahbari ukrainalik uchuvchilarni to‘rtinchi avlod F-16 qiruvchi samolyotini boshqarishga o‘qitishda “kelishilgan o‘quv rejasini muvaffaqiyatli ishlab chiqayotgan” Daniya va Niderlandiyaning hissasini eslatdi. 

Shvetsiya va Fransiya Ukraina bilan mudofaa xaridlari bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzoladi, bu esa Kiyevga yanada ilg‘or tizimlar olishga yordam beradi, dedi Lloyd Ostin. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »