Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedev tomonidan tinchlikka bo‘layotgan doimiy yadroviy tahdidlar – bemulohaza va mas’uliyatsiz ritorikadir. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi spikeri ma’lum qildi, deb yozmoqda CNN.

Foto: “RIA Novosti”
“Ukrainada yoki boshqa joyda yadro qurolidan foydalanish butun dunyo uchun halokatli bo‘ladi va Rossiya uchun ham jiddiy oqibatlarga olib keladi”, — dedi spiker.

Shu bilan birga, uning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar hanuz Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishga tayyorlanayotganidan dalolat beruvchi belgilarni ko‘rmayapti.

“Biz bo‘layotgan hodisalarni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz, biroq hozircha o‘z yadroviy holatimizni o‘zgartirish uchun hech qanday sabab ham, Rossiya yadro qurolidan foydalanishga tayyorlanayotgani belgilarini ham ko‘rmayapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Iyul boshida Dmitriy Medvedev “Rossiya AESga raketa hujumi” uyushtirilgan taqdirda, Ukrainaning uchta atom elektr stansiyasi va Sharqiy Yevropadagi atom obyektini portlatish bilan tahdid qilgan edi.

Shu bilan birga, AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya yadro qurolidan foydalanishiga ishonmasligini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »