Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va “Tolibon” harakati vakillari Qatar poytaxti Dohada ikki kunlik muzokaralar uchun yig‘ildi. 1-avgust, dushanba kuni yig‘ilishning birinchi raundi yakunlanganidan keyin AQSH Davlat departamenti Vashington “Tolibon” bilan iqtisodiy barqarorlik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha keyingi texnik muzokaralarga ochiqligini ma’lum qildi.

Dohada “Tolibon” va AQSH vakillarining suhbati
Foto: AP Photo

Davlat departamenti Afg‘onistondagi moliyaviy ahvol yaxshilangani, jumladan, inflyatsiya darajasi pasaygani, shuningdek, 2022-yilda kiritilgan taqiq doirasida ko‘knori yetishtirish kamayganini yuqori baholadi hamda giyohvandlikka qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganidan xavotir bildirdi. AQSH rasmiylari “Tolibon”ni qizlarning o‘rta ta’limni olishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish, ayollarning ishlashiga ruxsat berish va hibsga olingan amerikaliklarni ozod qilishga chaqirdi.

“Tolibon” nimani talab qilmoqda?

“Tolibon” o‘z navbatida, harakat yetakchilariga qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashlash va Afg‘oniston Markaziy bankining xorijiy aktivlarini qaytarishga chaqirdi.

“Afg‘oniston Islom Amirligi yana bir bor ta’kidlaydi: ‘Tolibon’ yetakchilarining safarlariga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi va Markaziy bank zaxiralarining qaytarilishi afg‘onlarning o‘z iqtisodiyotini tashqi yordamsiz rivojlantira olishiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash uchun muhim”, — deydi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi vakili.

“Tolibon” yetakchilarining aksariyati xorijiy safarlar uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotidan ruxsatnoma olishi kerak. Afg‘onistonning bank sektori “Tolibon” hokimiyatga qaytganidan so‘ng sanksiyalar tufayli falajlandi, Afg‘oniston Markaziy bankining 7 milliard dollar miqdoridagi xorijiy aktivlari Nyu-Yorkdagi Federal zaxira bankida muzlatib qo‘yilgan. Hozir bu mablag‘larning yarmi Shveysariyadagi Afg‘oniston jamg‘armasida saqlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »