Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon”ga muxolif Afg‘oniston “Milliy junbish” partiyasi yetakchisi marshal Abdurashid Do‘stum “Tolibon”ni yengish uchun AQSHning siyosiy ko‘magiga muhtoj ekanini aytdi.

Foto: Rolling Stone

Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy mojarolarda 40 yildan ortiq ishtirok etgan 69 yoshli Do‘stum 2021-yil 14-avgust kuni Mozori Sharifdagi shiddatli to‘qnashuvdan so‘ng Afg‘onistonni tark etgandi. U avval chegaradan O‘zbekistonga o‘tib, u yerdan Turkiyaga ketgan.

Do‘stim Rolling Stone nashriga bergan intervyusida “Tolibon”ga saboq berolmasa, ismini o‘zgartirishini aytdi.

“Tolibon bizni aldadi. Ularga qarshi kurashish zarur. Bizga Amerika tanklari yoki samolyotlari kerak emas. Bizga faqat ularning siyosiy yordami kerak. Agar men ularga (“Tolibon”ga) saboq berib qo‘ymasam, ismim Do‘stum emas”.

Intervyuda Do‘stum Juzjon viloyati “Tolibon”ga boy berilgan vaqtda, u “dushmanlari” tomonidan zaharlanganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘shanda Shabirg‘ondan Mozori Sharifga ko‘chirilgan va u yerdan Turkiyaga davolanish uchun ketgan.

Do‘stum Afg‘oniston sobiq hukumati armiyasining qulashiga sobiq prezident Ashraf G‘anining noto‘g‘ri boshqaruvi sababchi, degan fikrda.

“Biz ‘Tolibon’ga qarshi bo‘lgan xalqni to‘play olmagan odamning boshqaruvi ostida edik”.

Do‘stumning aytishicha, unda tuman va shaharlarni qaytarib olish va “Tolibon”ni tinchlik muzokaralarini boshlashga majburlash rejasi bo‘lgan. Ammo Ashraf G‘ani uning yonida turib bermagan, amerikaliklar ham unga quloq solmagan.

Do‘stum endi “Tolibon”ni qayta mag‘lub etishga tayyorligini aytdi.

“Iltimos, butun dunyoga ayting, Amerikaga ayting. Jo Bayden Pentagondan va men bilan ishlagan generallardan so‘rasin, Do‘stum aytganini qila oladimi? Ha men qila olaman! Agar ular meni siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlasa, ‘Tolibon’ masalasi tugaydi. 24 soatdan keyin men Afg‘onistonda qaytaman”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »