Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shahzoda Garri va gersoginya Megan qirollik oilasi a’zoligidan iste’foga chiqqanidan keyin “moliyaviy jihatdan mustaqil” bo‘lishga harakat qilishdi. Uch yil oldin Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, ular jamg‘armalarini tejash va pul ishlab topish maqsadida Netflix kabi kompaniyalar bilan bir nechta yirik shartnomalar imzolagandi.

Foto: Legion Media

Biroq Sassekslarning Spotify bilan ko‘p million dollarlik shartnomasi bekor qilingandan so‘ng, ommaviy axborot vositalari ularning moliyaviy ahvoli og‘irligi haqida gapira boshladi. Gersog va gersoginyaning 46 million funt sterlingga baholangan boyligi ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida tugab bitayotgandek tuyulmoqda. Hozirda juftlikning yana qancha puli qolgan? Va eng muhimi, ular millionlarini nimaga sarflashadi?

Garrining merosi

Foto: Legion Media

Opra Uinfri bilan bo‘lgan mashhur intervyusida Garri oilasi bilan Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tganda marhum onasi malika Dianadan qolgan merosga ishonganini aytgandi. 1997-yil avgust oyida malika vafot etganida mazkur meros taxminan 7 million funtni tashkil etgan. Bundan tashqari, 2002-yilda qirolicha Yelizavetta II vafotidan keyin matbuot Garri va Uilyamga buvisining boyligidan taxminan 14 million funt sterling tegishini yozgan, bu boylik 70 million funtga baholangandi.

Garrining maoshi

2021-yil mart oyida Garri San-Fransiskoda joylashgan startapga ishga kirish uchun ariza topshirayotganini e’lon qildi. Garri murabbiylik va ruhiy salomatlik xizmatlari orqali xodimlarni o‘qitish bo‘yicha BetterUp kompaniyasining rahbari hisoblanadi. Kompaniya direktori shahzodaga to‘lanadigan maosh haqida ma’lumot bermagan. Biroq Mirror nashrining yozishicha, uning maoshi yiliga 500 ming funtdan 2 million funt sterlinggacha bo‘lishi mumkin.

Juftlikning yozgan kitoblaridan oladigan gonorarlari

Foto: Legion Media

Birgina Buyuk Britaniyaning o‘zida “Zaxira” kitobi birinchi haftalardayoq 750 000 nusxada sotilgan. Garri o‘z tarjimayi holidan tushgan mablag‘ning bir qismini xayriya ishlariga sarflagan, ammo bu pul unchalik katta emas. MailOnline ma’lumotlariga ko‘ra, Sasseks gersogining nashriyot bilan imzolagan bitimi 16 million funt sterlingga baholangan.

Megan avvalroq bolalar uchun “Xarrak” (“Skameyka”) nomli kitob yozgan va nashr etgan. Gersoginya kitob uchun avans olganmi yoki yo‘qmi, noma’lum, ammo brending bo‘yicha mutaxassis MailOnline’ga bu mablag‘ 500 000 funt sterlinggacha bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Meganning jamg‘armasi

Foto: Legion Media

Garri bilan tanishishdan oldin Markl xonim nisbatan muvaffaqiyatli aktrisalik karyerasiga ega edi — u “Fors-major” seriali yulduzlaridan biri bo‘lgan. Reychel Zeynning yordamchisi rolining har bir epizodi uchun 38 ming funt sterlingga yaqin gonorar olgani taxmin qilinadi. Bundan tashqari, Megan internetda blog ham yuritgan va Kanadaning Reitmans brendi uchun kiyim-kechaklar tarmog‘ini yaratgan. Biroq Meganning aktrisalik va blog yuritishdagi daromadini uning hozirgi turmush tarzi bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

Startaplarga kiritilgan investitsiyalar

2020-yilda Megan o‘zi investitsiya qilgan vegan-kofe kompaniyasi Clevr Blends’ni sotishda yordam berish uchun Opra Uinfridan yordam so‘raydi. Bitimning qiymati ma’lum qilinmagan. Bu yil boshida Sasseks gersoginyasi brendning reklama roligida ishtirok etdi.

Er-xotinning ulushi bor yana bir korxona bu Ethic barqaror investitsiya firmasidir. 2021-yilda gersog va gersoginya ular faqat ekologik hamda ijtimoiy maqsadlarga ega bo‘lgan va boshqaruvi ostida 1,3 milliard dollarga ega bo‘lgan kompaniyalarga sarmoya kiritadigan firmaning “ta’sir sheriklari” va investorlari bo‘lganini e’lon qilishdi. Ular kompaniyaga qancha sarmoya kiritgani va bu ularga qancha daromad (yoki zarar) keltirgani noma’lum.

Juftlik imzolagan shartnomalar

Garri va Megan qirollik oilasini tark etganidan keyin imzolagan eng daromadli bitimlardan biri Netflix bilan bo‘lgan — summasi noma’lum, ammo bu 87 million funt (yoki 112 million dollar) bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq Netflix’da ular uchun hammasi silliq kechmagani aniq: o‘tgan yili Megan ustida ishlayotgan “Pearl” nomli multfilm loyihasi bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Sassekslarning Spotify bilan shartnomasi ham bekor qilingan.

Foto: Legion Media

Xarajatlar

Garri va Meganning AQSHdagi asosiy xaridi — bu nufuzli Montesito hududidagi to‘qqiz xonali uy hisoblanadi. Gersog va gersoginya keyingi 30 yil davomida ipoteka to‘lovlarini, shuningdek, mulk solig‘i va sug‘urtani qoplash uchun oyiga qariyb 50 ming funt sterling to‘lashi kerak, chunki ular 11 million funt sterlinglik mazkur uyni sotib olish uchun taxminan 7 million funt sterlingga yaqin ipoteka krediti olgan.

Vindzordagi Frogmor kotteji endi juftlikka tegishli emas, lekin ular dastlab xarajatlari Britaniya soliq to‘lovchilari tomonidan qoplangan kottejni ta’mirlab ketishga majbur bo‘lgandi.

Ko‘chmas mulkdan tashqari, Sassekslar xavfsizlik uchun juda ko‘p pul sarflashadi. Ular Buyuk Britaniyada yashab, Metropolitan politsiyasi tomonidan qo‘riqlanadi, ammo bu xizmatlarning narxini hisoblash juda qiyin. Opra shousida Garrining so‘zlariga ko‘ra, u va Meganning Netflix hamda Spotify kabi kompaniyalar bilan yirik pul bitimlari hech qachon daromad olish uchun bo‘lmagan, ammo bu pul oila xavfsizligini ta’minlash uchun zarur edi: “Fikrimcha, menga eng ko‘p kerak bo‘ladigan narsa — oilam xavfsizligini ta’minlash uchun to‘lashim zarur bo‘lgan yetarlicha pulim bo‘lishidir”, — deb tan oladi Garri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »