Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik konservativ faollar guruhi bo‘lgan Judicial Watch rahbari Tom Fittonning aytishicha, 2021-yilda Kapitoliyga uyushtirilgan bosqin bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qo‘yilgan ayblovlardan so‘ng, 2024-yilda adolatli saylovlar o‘tkazib bo‘lmaydi.

“Ochig‘ini aytaylik: bu ayblov Demokratik partiyaning istisnosiz barcha siyosiy raqiblariga yashirin tahdid va qo‘rqitish harakatidir. Bayden rejimi: ‘Agar siz saylovlarda ishtirok etsangiz sizni qamoqqa tashlaymiz’ demoqchi bo‘lyapti. 2024-yilgi saylovlarni erkin va adolatli o‘tkazish rasman ilojsiz", — dedi Fitton guruh veb-saytidagi bayonotida.

Konservativ faollar guruhi rahbarining aytishicha, Trampga qo‘yilgan ayblovlar uydirma va “noxolis hamda siyosiy suiiste’mollikka to‘liq mos keladi”.

Foto: Reuters

Tramp to‘rtta modda bo‘yicha ayblanmoqda: davlatni aldash maqsadida fitna uyushtirish, rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilish uchun fitna uyushtirish, rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilishga urinish va huquqlarni buzish uchun til biriktirish.

3-avgust kuni Tramp Vashington politsiyasiga taslim bo‘lishi va ehtiyot chorasini belgilaydigan sudya huzuriga kelishi kerak.

Respublikachi Donald Tramp 2020-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Baydenga yutqazgan edi. Tramp bir necha oy davomida mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortdi va saylov soxtalashtirilgani haqidagi asossiz da’volarni tarqatdi. 

2021-yilning 6-yanvarida — ovoz berish natijalari Kongress tomonidan tasdiqlangan kuni — Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirib, yig‘ilishni buzgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »