Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan bosqin bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha rasman ayblov e’lon qilindi. Bu haqda maxsus mustaqil prokuror Jek Smit taqdim etgan hujjatdan ma’lum bo‘ldi. Federal Katta hakamlar hay’ati ayblovni yoqlab ovoz bergan.

Foto: Getty Images

Tramp to‘rtta moddada ayblanmoqda: davlatni aldash maqsadida fitna uyushtirish, rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilish uchun fitna uyushtirish, rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilishga urinish va huquqlarni buzish uchun til biriktirish.

Prokurorlarning taʼkidlashicha, Tramp o‘zining Jo Bayden ustidan g‘alaba qozongani haqidagi iddaolari yolg‘on ekanini bilgan, biroq u Amerika jamiyatida “ishonchsizlik va g‘azab muhitini” yaratish hamda “jamoatchilikning saylov jarayoniga bo‘lgan ishonchini so‘ndirish” maqsadida o‘z da’volarini takrorlagan, deb yozadi Reuters.

The New York Times xabariga ko‘ra, ayblov hujjatida Tramp saylovda “mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, hokimiyatda qolishga qat’iy qaror qilgani” ochiq ta’kidlangan.

Sobiq prezident bilan birga ism-sharifi oshkor etilmagan olti kishi, jumladan, “saylovni soxtalashtirish haqidagi asossiz da’volarni tarqatgan” advokatlar ham ayblangan. Ayblov xulosasida Smitning ta’kidlashicha, Tramp Kapitoliyga bostirib kirishni “ahmoqlik“ deb atagan bo‘lsa-da, isyonning yoyilishida ishtirok etgan.

3-avgust kuni Tramp Vashington politsiyasiga taslim bo‘lishi va ehtiyot chorasini belgilaydigan sudya huzuriga kelishi kerak.

Respublikachi Donald Tramp 2020-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Baydenga yutqazgan edi. Tramp bir necha oy davomida mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortdi va saylov soxtalashtirilgani haqidagi asossiz da’volarni tarqatdi. 2021-yilning 6-yanvarida — ovoz berish natijalari Kongress tomonidan tasdiqlangan kuni — Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirib, yig‘ilishni buzdi.

Bu Trampga nisbatan ochilgan uchinchi jinoiy ish. Aprel oyida Manxetten okrugidagi Katta hakamlar hay’ati biznes hisobotlarini soxtalashtirish bo‘yicha, iyun oyida advokat Smit Tramp qarorgohlarida maxfiy hujjatlarning noqonuniy saqlanishi bo‘yicha ish ochgandi.

Tramp bo‘lajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka asosiy da’vogar hisoblanadi. Agar u ayblovlarning birortasi bo‘yicha aybdor deb topilib, qamoqqa jo‘natilgan taqdirda ham bu uni AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »