Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Afg‘oniston Milliy televideniyesiga bergan intervyusida “Tolibon” hukumati erishgan yutuqlarni sanadi

Foto: Videodan kadr

Yodgorxo‘ja Shodmonovga ko‘ra, hech bir davlat “Tolibon” hukumatini tan olmaganiga qaramay, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini davom ettirmoqda. Diplomat “Tolibon” hukumati erishgan yutuqlarni ijobiy baholadi.

Shodmonov birinchi yutuq iqtisodiy sohada ko‘zga tashlanganini bildirdi. Jumladan, ichki xarajatlar hisobidan Afg‘oniston budjeti shakllantirildi. Avvallari 70 foiz xarajatlar xorijiy davlatlar hisobidan ta’minlangan bo‘lsa, hozirda vaziyat o‘zgardi.

Shodmonov ikkinchi yutuq savdo aylanmasi ekani, Afg‘onistondan eksport oshayotganini qayd etdi.

“Savdo aylanmasi hajmining oshib borayotganini katta bir yutuq deb hisoblayman. Uchinchisi, hukumat vakillari aytishi bo‘yicha, korrupsiya masalasi. Korrupsiya kamaygani borasida juda ko‘p fikrlar aytilmoqda. 
Oxirgi bir yil ko‘rsatkichlariga qarasa, bugungi kunda Afg‘onistonning chetga chiqarayotgan mollari ko‘payib, eksport ham oshib boryapti. Buni ham katta bir yutuq deb hisoblayman. To‘rtinchisi, mamlakatda bugungi kunda xavfsizlikni ta’minlash borasida tegishli vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardir”, — deydi O‘zbekiston elchisi.

Shuningdek, diplomat “Tolibon” giyohvandlarni majburan davolashini, giyohvand moddalar ekishga qo‘yilgan taqiqni ijobiy baholadi. U bu ishlarda “Tolibon” yetakchisining buyrug‘i ijobiy ta’sir ko‘rsatganini aytdi.

O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi hozirda Termiz shahri va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida 1091 nafar afg‘on tadbirkorlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ilmiy, madaniy va iqtisodiy sohalarda Afg‘oniston bilan hamkorlik qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »