Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Afg‘oniston Milliy televideniyesiga bergan intervyusida “Tolibon” hukumatining dunyo bo‘ylab tan olinishi uchun ikkita asosiy talab borligini aytdi. Suhbat YouTube’ga joylandi.

Videodan kadr

Elchi “Tolibon” hukumati xalqaro hamjamiyatning asosiy talablariga e’tibor qaratsa, O‘zbekiston va boshqa davlatlar tomonidan tan olinishini ta’kidladi.

“Bugungi kunda Afg‘oniston hukumatini tan olishi uchun dunyo hamjamiyati tomonidan qo‘yilgan talablar bizga ma’lum. Dohada imzolangan Afg‘oniston va AQSH o‘rtasidagi shartnomada ko‘plab bandlar keltirilgan. Ulardan asosiysi — Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tashkil etish. Bu masala jiddiy, bugungi kunda bu borada barcha ishlar amalga oshirilib, Afg‘oniston hukumatidan barcha millat va konfessiya vakilllari joy olishi kerak, degan talab bor. Bu dunyo hamjamiyatining talabi.

Ikkinchidan nafaqat Afg‘onistonda, balki butun dunyoda xotin-qizlar huquqlariga rioya etish talab etiladi. O‘ylaymanki, Afg‘oniston hukumati mana shu ikki asosiy talabga e’tibor qaratsa, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinadi”, — deb ta’kidladi Yodgorxo‘ja Shodmonov.

Elchi Afg‘onistonda iqtisodiy inqirozdan chiqish va giyohvand moddalarga qarshi kurashda ijobiy natijalar borligini, bu borada tegishli ishlar olib borilayotganini qayd etdi.

Yodgorxo‘ja Shodmonov O‘zbekiston Afg‘oniston bilan yaxshi munosabatlarni rivojlantirishga intilayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi oliy darajali delegatsiya Kobulga keladi va “Tolibon” yetakchilari bilan yirik uchrashuv o‘tkazadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »