Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Afg‘oniston hukumati tepasiga kelgach, mamlakatda narkotik moddalar ishlab chiqarish ko‘paydi. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish agentligi direktori Habibullo Vohidzodaga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Vohidzodaning so‘zlariga ko‘ra, narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash kuchaygani haqidagi bayonotlarga qaramay, faktlar buning aksini ko‘rsatmoqda.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi 2022-yil Afg‘onistonda ko‘knori ekiladigan maydonlar 233 ming gektarga yetgani, ya’ni 32 foizga oshganini ma’lum qilgan.

“‘Tolibon’ narkotik ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga qarshi o‘lim jazosigacha qattiq kurash olib borishga ishontirmoqda. Ammo esa buni sezmayapmiz.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2020-yil Tojikistonda 2 tonna 425 kilogramm, 2021-yil 4 tonna, 2022-yilda esa deyarli 5 tonna afg‘on narkotik moddalari musodara qilingan”, — dedi Vohidzoda.

Giyohvand moddalarning asosiy qismi Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh viloyatlari — Xatlon va Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatlarida ushlangan. 2023-joriy yilning atigi olti oyida Tojikistonda 2 tonna 476 kilogramm narkotik moddalar musodara qilingani aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »