Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan maktablarning birida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 2-avgust kuni soat 11:43 da Mirzo Ulug‘bek tumani Istiqlol ko‘chasida joylashgan 50-sonli maktabning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga yetib borgan, yong‘in soat 11:52 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida 2-qavatning taxminan 10 kvadrat metr maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Bundan oldin Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasida joylashgan ikki qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani, Farg‘onada karaoke kafesida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »