Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “Vagner” jinoyatlari bo‘yicha hibsga olish uchun yangi orderlar berishi mumkin. Bu haqda ekspertlarga tayanib, “Amerika ovozi” xabar berdi.

Foto: Getty Images
“‘Vagner’ rahbarining isyon ko‘tarishga urinishidan so‘ng, Putin ular to‘liq Rossiya budjetidan moliyalashtirilganini tan oldi. Ushbu bayonot XJS prokurorlari uchun ‘Vagner’  tomonidan sodir etilgan yirik harbiy jinoyatlarni tergov qilishga, bunda Rossiya rahbariyati, jumladan, Putinning aloqasi borligini tekshirishga imkon beradi”, — deyiladi xabarda.


XJS raisi Pyotr Goffmanskiyning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olish uchun yangi orderlar birinchi navbatda Xalqaro jinoiy sud prokurorining harakatlariga bog‘liq.

“U XJSning dastlabki tergov sudyalaridan hibsga olish uchun order berishni so‘rashi mumkin, ular bunga asoslar bor yoki yo‘qligini hal qiladi. Lekin, albatta, prokuror Ukrainada ham, boshqa mamlakatlarda ham yangi tergov ishlari bilan faol shug‘ullanmoqda va biz bu masala bo‘yicha ko‘proq choralar ko‘rishini kutamiz”, — deydi Goffmanskiy.

Putinni hibsga olish orderi

Niderlandiyadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) genotsid, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va bosqinchilik jinoyatlari uchun shaxslarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanadi. XJS 17-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi.

Xalqaro jinoyat sudining hibsga olish haqidagi orderi Putinning harakatlanish erkinligini rasman cheklaydi. XJSga a’zo bo‘lgan va uning yurisdiksiyasini qabul qilgan 123 ta davlat Vladimir Putin ularning hududiga kirishi bilanoq uni hibsga olishi talab qilinadi. Bunday davlatlar quyidagi xaritaning yashil rangida ko‘rsatilgan:

Xalqaro jinoiy sudda sirtdan sud jarayoni amalga oshirish mumkin emas: sudlanuvchiga faqat ekstraditsiya qilingan taqdirdagina hukm chiqarilishi mumkin. Ya’ni Putinning ishi sudda ko‘rib chiqilishi uchun u shaxsan Gaagada bo‘lishi kerak.

Germaniya Putin mamlakatga kelsa, hibsga olishini bildirgan

Germaniya adliya vaziri Marko Bushman Rossiya prezidenti mamlakatga kelsa, mahalliy hokimiyat uni hibsga olib, Xalqaro jinoiy sud vakillariga topshirishini bildirgan.

“Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tezkorlik bilan Interpol bilan bog‘lanadi va ijroni talab qiladi. Shundan so‘ng Germaniya Putinni hibsga olishga va Germaniya hududiga kirsa, uni XJSga topshirishga majbur bo‘ladi”, — degan Bushmann.

Avstriya Putinni hibsga olishga tayyorligini ma’lum qildi

Avstriya Xalqaro jinoiy sud qarorini bajarishini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga kelsa, uni hibsga olishini bildirdi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi va Konstitutsiya masalalari bo‘yicha vaziri Karolina Edtshtadler bu haqda ma’lumot bergan.

U Xalqaro jinoiy sud tomonidan hibsga olish to‘g‘risidagi buyruq e’lon qilinishi va chiqishi Putin “Avstriya tuprog‘iga qadam qo‘ygan bo‘lsa, uni hibsga olish kerak” degan ma’noni anglatishini ta’kidlagan.

Armaniston Putinni hibsga olishni rejalashtirmayapti

Armaniston Putin mamlakatga tashrif buyursa, uni Xalqaro jinoiy sudga topshirishni rejalashtirmayapti. Armaniston parlamenti vitse-spikeri Akop Arshakyan bu bo‘yicha ma’lumot bergan.

“Armaniston Konstitutsiyaviy sudning qarori hech kimni hech qanday masalada aybdor deb hisoblamaydi va hech kimni hibsga olish choralarini talab qilmaydi”, — degan u.

JAR Putin mamlakatga kelsa, uni hibsga olishga rozi bo‘ldi

JAR rasmiylari Rossiya prezidenti BRIKS sammitida qatnashmasligini eʼlon qilganidan so‘ng, muxolifatdagi Demokratik alyans suddan Putinni mamlakatga kelgan istalgan vaqtda hibsga olishga buyruq berishni so‘ragan. Hukumat bu talabga rozi bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »