Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekstremizmga ommaviy chaqiriqlarda ayblangan, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) sobiq mudofaa vaziri Igor Strelkov (Girkin) rafiqasi Miroslava Reginskaya Rossiya prezidentiga xat yozdi.

Foto: Miroslava Reginskaya/VK

U xatida erining hibsga olinishini asossiz, unga qo‘yilgan ayblovlarni esa bema’nilik deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Strelkov “haqiqiy vatanparvar”, 2014-yilda Donbassdagi voqealar “qahramoni” va urushga borgan birinchi rossiyalik ko‘ngillilardan biri hisoblanadi. 

Reginskaya konstitutsiyaning kafolati sifatida Putindan Strelkovga adolatli va qonuniy munosabatda bo‘lish huquqini ta’minlashni so‘ragan.

“Uni hibsga olish nafaqat noqonuniy va asossiz, balki Rossiya va uning fuqarolari manfaatlariga aniq ziddir... Sizdan konstitutsiya kafolati sifatidagi vazifangizni bajarishingizni va rossiyalik zobit, jamiyatning munosib a’zosi bo‘lgan turmush o‘rtog‘imga tergov va sud jarayonida adolatli va qonuniy munosabatda bo‘lish huquqini ta’minlashingizni so‘rayman”, — deyiladi murojaatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, erining Ukrainadagi urushning kechishi bo‘yicha yozgan materiallari oddiy front askarlari manbai bo‘lgan.

Strelkovning rafiqasi erining pozitsiyasi Rossiya va rus xalqining “dushmanlariga nisbatan murosasizligi” va hozirgi konstitutsiyaviy tuzumga to‘liq mos kelishini aytdi.

“Uning hibsga olinishidan ko‘zlangan boshqa maqsad borligi aniq. Yo kimdir ‘iltifot’ qilmoqchi bo‘ldi, yoki kimnidir frontning oldingi chizig‘idagi haqiqat bezovta qila boshladi. Uning hibsga olinishidan maqsad o‘rta va oliy qo‘mondonlikni front chizig‘idan mustaqil va xolis ma’lumotsiz qoldirishdir.

Aslida, bu harakatlar Ukrainadagi urush paytida Rossiya suverenitetini qahramonlarcha himoya qilib, bizning qo‘shinlarimizga zarar yetkazishga qaratilgan”, — dedi u.

Girkinning hibsga olinishi

Moskvada 2014-yilda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) qo‘shinlariga rahbarlik qilgan Igor Strelkov (haqiqiy ismi Girkin) hibsga olindi. U ekstremizimda ayblanmoqda. Hozirda Girkinning qayerda ekani ma’lum emas.

Strelkov Gaaga tuman sudi tomonidan sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2014-yil avgustida Malayziyaning Boeing halokatida aybdor deb topilgandi. Strelkov sud majlislarida qatnashmagan va o‘z aybini qat’iyan rad etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »