Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir paytlar G‘arb shou-biznesi Jey Losiz mavjud bo‘lganini bugungi kunda tasavvur qilish juda qiyin, ammo bunday olamshumul mashhurlik uchun kurashish kerak edi. U tinimsiz mehnati bilan bu e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Bo‘lajak yulduzning bolalik davri

Foto: Getty Images

Jennifer Lopez Nyu-Yorkda kamtarona puerto-rikoliklar oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak yulduz shaharning markaziy qismida emas, balki eng jinoiy hududlardan biri — Bronksda o‘sgan. Lopesning ota-onasi shou-biznesdan uzoqda bo‘lib, otasi dasturchi bo‘lib ishlagan, onasi esa bolalarni tarbiyalash va uy ishlari bilan shug‘ullangan. Jennifer besh yoshidan boshlab vokal va raqs saboqlarini olishni boshlaydi.

“Bolaligimdanoq qo‘shiq aytish, raqsga tushish va rol o‘ynash bilan birdaniga shug‘ullanishni xohlardim. Menga musiqa olami ko‘proq yoqardi”, — deydi Lopes o‘zi haqidagi hujjatli filmda.
Foto: Getty Images

Yulduzning sevimli mashg‘ulotlari ro‘yxati shu bilan tugamaydi — Jey Lo ikki singlisi bilan katolik maktabida o‘qigan, u yerda ham yugurish, gimnastika va softbol bilan shug‘ullangan. Sport unga nafaqat ideal qomatga erishishga, balki chidamlilikni oshirishga yordam berdi. Biroq eng qiyin davrlarda u uchun mashg‘ulot emas, balki xorda qo‘shiq aytgani va teatr spektakllarida qatnashgani foyda beradi. Qizning sa’y-harakatlari yuqori baholandi — 16 yoshida u “Mening jajji qizim” filmida suratga tushib, kinoda debyut qiladi.

Foto: Getty Images

Garchi dastlab ota-onasi qizining sevimli mashg‘ulotini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa ham, uning jiddiyroq kasb tanlashini xohlashadi. Shunday qilib, Jennifer huquq fakultetiga o‘qishga kiradi va advokat yordamchisi bo‘lib ishlay boshlaydi. Biroq ko‘p o‘tmay, huquqshunoslik olami unga begona ekanligini anglaydi va o‘qishni tashlab ketadi. Ota-onasi bilan mojarodan so‘ng, mustaqil hayot boshlashga kirishadi. Ijara puli uchun tungi klublarda raqsga tushishi va shubhali loyihalarda ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi. Umuman puli bo‘lmagan paytlarda esa Lopes mashg‘ulot xonasida tunab qoladi.

Aktrisa

Foto: Getty Images

Jennifer qiyinchiliklardan qo‘rqmasdi va uning qat’iyatiga faqat havas qilish mumkin. U butun kunni raqs studiyasida o‘tkazadi, bu, albatta, o‘z samarasini beradi. O‘sha paytda yulduz “Oklaxoma” kabi musiqiy filmlarda o‘ynay boshlaydi. Tanila boshlagan Lopes Brodveyning Golden Musicals of Broadway xoriga taklif qilinadi.

Shundan so‘ng Jey Lo hayotida yangi bosqich boshlanadi: 1991-yilda u “Yorqin ranglar” serialida ishtirok etadi va shundan so‘ng u seriallarda rol o‘ynay boshlaydi. Garchi o‘sha paytda Lopesga yuqori darajadagi loyihalar taklif qilinmagan bo‘lsa-da, u aktrisalik karyerasini orzu qilar, orzusi sari ishonch bilan harakat qilardi.

Foto: Getty Images

Jennifer “Nigohdan tashqarida” filmidagi ishtiroki uchun 2 million dollar gonorar olgan. Bundan oldin lotin amerikalik bironta ham aktrisa bunday daromad bilan maqtana olmasdi.

“Men bu sohadan uzoqda o‘sganman. Butun umrimni meni eshitishlari, ko‘rishlari va jiddiy qabul qilishlari uchun kurashib o‘tkazdim”, — deydi u.

Aytgancha, Jennifer o‘zini nafaqat aktrisa, balki prodyuser sifatida ham sinab ko‘rmoqda. Lopes hozirda o‘zi ishtirok etayotgan ko‘plab kino loyihalarini yaratish ustida ishlamoqda.

Xonanda

Foto: Getty Images

Lo qo‘shiqchi sifatida faqat 1999-yilga kelibgina debyut qiladi, ammo bu katta muvaffaqiyatlarga erishishiga to‘sqinlik qilmaydi. On the 6 deb nomlangan birinchi albomi (bolaligida vokal maktabiga boradigan metro yo‘nalishi raqami) Billboard reytingida 10-o‘rinni egallaydi. If You Had My Love xiti esa bir necha hafta davomida jahon chartlarining birinchi qatorida turadi.

Foto: Getty Images

Ikki yil o‘tgach, qo‘shiqchi o‘zining ikkinchi J.Lo nomli albomini chiqaradi, bunisi avvalgisidan ham mashhurroq bo‘ladi. Aytgancha, yulduz bir necha marta “Gremmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Yakkaxon ijodidan tashqari, u boshqa san’atkorlar bilan hamkorlikdagi treklari bilan ham muxlislarini xursand qiladi. U jami 8 ta albom chiqargan.

“Men uchun muvaffaqiyat bu — doimiy evolyutsiya, qulaylik zonasidan chiqish va yangi narsalar ustida ishlash”, — deydi Lopes.

Sahnada Jennifer nafaqat o‘zining xitlarini ijro etadi, balki haqiqiy shou ham namoyish etadi — buning tasdig‘i uning Super Bowl 2020 dagi chiqishidir.

Ishbilarmon ayol

Foto: Getty Images

Jennifer Lopez band bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol hamdir. U aksessuarlar, kiyim-kechak va parfyumeriya ishlab chiqaradigan JLo by Jennifer Lopes kompaniyasiga egalik qiladi. Yulduz, shuningdek, o‘zining kosmetik brendiga va Kaliforniyada joylashgan Madre’s restoraniga ega. Bu yil esa ijrochi Delola kokteyllarining yangi brendini taqdim etdi.

Foto: Getty Images

Jennifer Lopesning shaxsiy hayoti

Karyerasi bilan bir qatorda Jenniferning shaxsiy hayoti ham to‘xtab qolgani yo‘q — u to‘rt marta turmushga chiqadi. Uning birinchi eri ofitsiant Oxani Noa edi, yulduz uni Mayami restoranida uchratgan. 1998-yilda to‘ydan keyin bir yil o‘tmay juftlik ajralishga qaror qiladi. Ularning ajrashishi kuchli janjal bilan tugaydi. Oxani sobiq rafiqasidan birgalikdagi hayotlari haqidagi kitob uchun 5 million dollar talab qiladi. Jennifer unga qarshi da’vo qo‘zg‘atadi, chunki Noa yulduz bilan nikohi haqida gapirish taqiqlangan kelishuvni buzgandi.

Foto: Getty Images

Lopesning ikkinchi turmush o‘rtog‘i raqqos Kris Jadd bo‘lib, ularning to‘yi 2001-yilda bo‘lib o‘tgan. Sevishganlar o‘rtasidagi munosabatlar Love Don’t Cost a Thing klipi suratga olinayotganda paydo bo‘ladi. Biroq ularning baxti uzoqqa cho‘zilmaydi — 2002-yilda er-xotin ajrashish haqida e’lon qilishadi. Ajralish sababi jurnalistlarning diqqat-e’tiborida bo‘lish edi, Kris bunga chiday olmaydi. Jey Lo ularning shaxsiy hayoti tafsilotlarini ovoza qilmasligi uchun Kris Jaddga taxminan 18 million dollar to‘laydi.

Foto: Getty Images

2004-yilda mashhur qo‘shiqchi Mark Entoni bilan turmush quradi. Bu nikohdan er-xotinning ikki farzandi — egizaklar Emma va Maks dunyoga keladi. Biroq o‘n yil o‘tgach ular munosabatlarga chek qo‘yishga qaror qilishadi. Lopez ajralishning tashabbuskori bo‘lganini tan oladi, ammo ajralish uning uchun juda qiyin edi.

“Men hech qachon ko‘zim osti ko‘kargan yoki shishgan lab bilan ko‘rinmaganman, lekin zo‘ravonlikni aqliy, hissiy, og‘zaki shaklda his qilganman”, — deydi xonanda.
Foto: Getty Images

Uchinchi ajralishdan so‘ng Jennifer Lopez beysbolchi Aleks Rodriges bilan uchrasha boshlaydi. Xonanda sportchiga turmushga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, ammo 2021-yilda sevishganlar to‘rt yillik munosabatlardan keyin ajralishadi.

Foto: Getty Images

Ben Afflek bilan munosabatlari qanday?

Jennifer Lopez va Ben Afflek 2002-yil iyul oyida ular bosh rolni ijro etgan “Jijli” romkomida tanishgan. Va o‘sha yilning oktabr oyida yulduzlar hamkorlikni davom ettirdi — Ben Jey Loning Jenny from the Block qo‘shig‘i klipida suratga tushadi. Ularning munosabatlari tez rivojlana boshlaydi, bir yil o‘tgach, 2003-yilda Ben sevgilisiga turmush qurishni taklif qiladi. Biroq yulduzli to‘ydan bir kun oldin butun dunyo er-xotinning kutilmagan ajralishi haqida xabar topadi.

Foto: Getty Images

17 yil davom etgan ayriliqdan so‘ng 2021-yilda ularning munosabatlari yangi ishtiyoq bilan avj oladi. Bu vaqtga kelib, Jennifer va Ben allaqachon oilaviy hayotning mustahkam tajribasiga ega edi va ular birga bo‘lishni xohlashlarini aniq bilishardi. 2022-yilning yozida yulduzlar Las-Vegasda yashirincha nikohdan o‘tadi, keyinroq barcha do‘stlari va tanishlari taklif qilingan ajoyib marosim o‘tkazishadi. Aytgancha, to‘y Afflekning Jorjiya shtati Riseboro shahridagi uyida bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty Images

So‘nggi paytlarda tarmoqdagi yulduzli juftlik atrofida mish-mishlar doimiy ravishda tarqalmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, er-xotin ajralish arafasida. Gap shundaki, bir necha marta ularning janjallashayotganini ko‘rishgan. Avvaliga Jennifer va Ben “Gremmi” marosimida janjallashib, birozdan keyin mashinada hammaning ko‘z oldida urishishgan. Lopes hatto ajralish bo‘yicha advokatga ham murojaat qiladi. Biroq sal oldin ular to‘ylarining bir yilligini nishonlash uchun restoranga borishgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »