Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yulduzlar ham shon-shuhrat, boylik va mashhurligiga qaramay, oddiy odamlar kabi shaxsiy fojialardan himoyalanishmagan. Bir kun ichida yuz bergan dahshatli zarba ularning mukammal ko‘rinadigan hayotini butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Jon Travolta va Kelli Preston

Foto: Getty Images

Jon Travoltaning shaxsiy hayoti baxtsizliklarga to‘la kechdi. Aktyorning birinchi muhabbati Diana Xayland ko‘krak saratonidan vafot etadi. Jon uning o‘limini juda qattiq qabul qiladi. Kelli Preston bilan turmush qurganda esa uni navbatdagi fojia kutayotgan edi. Ular baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan 16 yoshli o‘g‘li Jettni dafn etishadi — o‘g‘li epilepsiya tufayli vannaga boshini urib olishi oqibatida dunyodan ko‘z yumadi. Er-xotin uchun o‘g‘lining o‘limi dahshatli zarba bo‘ladi, ular uzoq vaqtgacha ommaga ko‘rinish bermaydi. Ammo keyinchalik xushxabar bilan qaytishadi — Kelli homiladorligini e’lon qiladi. Biroq 2018-yilda Kelliga ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yiladi, aktrisa ikki yildan keyin vafot etadi.

Mishel Uilyams va Xit Lejer

Foto: Getty Images

Bir qarashda Mishel Uilyams va Xit Lejer hamma narsaga ega bo‘lgan mukammal juftlikdek tuyulardi. Ikkalasi ham yosh va mashhur, sevimli qizini birgalikda tarbiyalashardi.

Lejer va Uilyams 2005-yilda “Bukri tog‘” filmining suratga olish jarayonida tanishgan va bir ko‘rishdayoq bir-birini sevib qolishgan. Suratga olish jarayoni tugaganidan ko‘p o‘tmay, juftlik Bruklinda yashay boshlaydi. Ammo 2006-yilga kelib o‘rtadagi munosabatlar o‘zgaradi — Lejer depressiyani yengish uchun tungi bazmlarda ko‘p vaqt o‘tkazar, giyohvandlikka berilib ketgandi.

Uilyams va Lejer ajralishiga sabab bir-birini sevmay qolgani emas, balki Uilyams Lejerning qiliqlariga chiday olmagani uchunligi aytiladi. Xit o‘z uyida jonsiz holda topilganida Mishel o‘ta og‘ir tushkunlikka tushadi. O‘lim sababi kuchli dori vositalari dozasini oshirib yuborish natijasida kelib chiqqan zaharlanish edi.

Sevgilisi vafotidan keyin Uilyams ikki marta turmushga chiqadi. Ikkinchi turmushidan uning ikki farzandi bor.

Meril Strip va Jon Kazale

Foto: Getty Images

Jon Kazale Meril Stripning birinchi muhabbati hisoblanadi. Ular tanishganda Kazale allaqachon juda mashhur edi, Meril esa endigina shon-shuhrat cho‘qqisiga chiqa boshlagandi. Kazale Meril bilan birga bo‘lish uchun xotini bilan ajrashmoqchi edi. Ammo taqdir ularga sinov hozirlab qo‘ygandi — aktyorga saraton tashxisi qo‘yiladi.

Kazale hayotining so‘nggi oylarini Strip bilan kasalxonada o‘tkazadi. “Men uning yonida bo‘lsam-da, o‘limi yaqinlashib qolganini sezmadim. U hayotdan ko‘z yumganda o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim”, — deydi Strip. Og‘ir zarbaga qaramay, Meril yashash uchun kuch topadi. Sevgilisi vafotidan olti oy o‘tgach, Don Gammer bilan tanishadi. Hozirda u bilan 44 yildan beri baxtli yashab kelmoqda.

Elizabet Teylor va Maykl Todd

Foto: Getty Images

Maykl Todd Elizabet Teylorning ajrashishga ulgurmagan yagona eri bo‘lgan. Aktrisa 24 yoshida prodyuserga turmushga chiqadi. Turmush o‘rtog‘i undan 23 yosh katta edi, bu turli mish-mishlarga sabab bo‘ladi. Jamoatchilik tanqidiga qaramay, juftlik chinakamiga baxtli edi. Ba’zilar hatto Elizabet hech qachon bunchalik  porlab turmaganligini aytishadi. Biroq bir necha oy o‘tgach, Maykl Todd samolyot halokatida vafot etadi. Ayriliq qanchalik og‘ir bo‘lishga qaramay Teylor erini dafn etgach, ko‘p o‘tmay oilaviy do‘sti Eddi Fisherga turmushga chiqadi.

Liam Nison va Natasha Richardson

Foto: Getty Images

Natasha Richardson Liam Nisonning birinchi va yagona rafiqasi bo‘lib qoldi. 2009-yilda u o‘g‘li bilan Kanadadagi chang‘i kurortida dam olayotgan edi. Natasha chang‘i uchayotib yiqilib tushsa-da, tibbiy yordamdan bosh tortadi — jarohatini yengil deb o‘ylaydi. Afsuski, jarohat u o‘ylagandan ham xavfliroq bo‘lib chiqadi. Richardson kasalxonaga borganida kech bo‘lgandi. Boshdan olingan jarohatlarda vaqt muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Fojiadan ikki kun o‘tgach, Nison xotinini apparatdan uzib qo‘yadi. U va rafiqasi agar ulardan biri vegetativ holatda bo‘lsa, qurilmadan uzib qo‘yishlari haqida kelishib olishgandi. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, aktyor Natashaning yo‘qligiga hali ham ishonolmasligini aytadi. Rafiqasi vafotidan keyin Nison qayta turmush qurmadi. Bundan tashqari, so‘nggi 14 yil ichida uning bironta ham sevgilisi bo‘lmagan.

Patrik Sueyzi va Liza Niemi

Foto: Getty Images

​Patrik Sueyzi 16 yoshli Liza Niemini birinchi marta ko‘rganida 20 yoshda edi. Aktyorning aytishicha, uni birinchi ko‘rgandayoq sevib qolgan. Er-xotin 34 yil davomida — aktyorning vafotigacha birga bo‘lishadi. Sueyzi 2009-yilda oshqozon osti bezi saratonidan vafot etadi. Erining o‘limidan so‘ng, Liza Albert Deprisko bilan tanishadi. Deprisko uni qo‘lini so‘raydi, to‘yga bir oy qolganda Niemi marhum erini tushida ko‘radi. Shu yo‘l bilan eri unga roziligini berib, yashashda davom etishga ruhlantirganini aytadi.

Pirs Brosnan va Kassandra Xarris

Foto: Getty Images

Jeyms Bond filmi aktyori Pirs Brosnan va uning ekrandagi sevgilisi Kassandra Xarris haqiqiy hayotda ham yaqin edi. Juftlik 1980-yilda turmush quradi, aktyor rafiqasining ikki farzandini o‘zinikidek tarbiyalaydi, keyinchalik o‘zlari ham farzandli bo‘lishadi. Biroq Xarrisga tuxumdon saratoni tashxisi qo‘yiladi. Brosnan sakkizta operatsiya, kimyoterapiya va xolistik terapiya paytida rafiqasi bilan birga bo‘ladi, lekin unga hech narsa yordam bermaydi. Kassandra 1991-yilda 43 yoshida dunyodan ko‘z yumadi. Onasining taqdiri qizida ham takrorlanadi, u ham 41 yoshida tuxumdon saratonidan vafot etadi. Xotinining o‘limidan 10 yil o‘tgachgina Brosnan qayta turmush quradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »