Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Film suratga olish uzoq va mashaqqatli jarayon. Biz faqat tayyor kartinani ko‘ramiz va sahna ortida nimalar bo‘lganini tasavvur ham qilolmaymiz. Masalan, Enn Xeteuey juda mashhur filmdagi roli uchun avval semirib, keyin ozganini ko‘pchilik bilmaydi.

Enn Xeteuey “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi roli uchun avvaliga 5 kiloga semirgan, keyin esa 5 kiloga ozgan

Foto: AdMe

Filmning oxiriga kelib, nafaqat uslub, balki bosh qahramonning tashqi ko‘rinishi ham sezilarli o‘zgarishlarga uchraydi. Suratga olishdan oldin prodyuserlar aktrisadan 5 kiloga semirishni so‘rashgan. Ammo ular filmning ikkinchi qismini suratga olishni boshlaganlarida, Enn dizaynerlik kiyimlarida chiroyli ko‘rinishi uchun imkon qadar tezroq ozishi kerakligini aytdi.

Rayan Gosling “Xotira kundaligi”da ko‘z rangini o‘zgartirgan

Foto: AdMe

Suratga olish vaqtida Rayan ko‘k ko‘zlarini yashirish uchun kontakt linza taqib yurgan. Bularning hammasi keksalikda Noy rolini o‘ynagan jigarrang ko‘zli hamkasbi Jeyms Garnerga mos kelish uchun qilinadi.

Malefisentaning shoxlari va yonoqlari dizayner hamda vizajistlar uchun qiyinchilik tug‘dirgan

Foto: AdMe

​Ehtimol, shoxlar Malefisenta obrazining eng esda qolarli qismidir. Jamoa oldiga suratga olish vaqtida Anjelina charchamasligi uchun imkon qadar yengil qilish vazifasi qo‘yiladi. Shuning uchun material sifatida uretan smolasidan foydalanilgan.

Ko‘plab urinishlardan so‘ng vizajistlar shoxlarni kichik shlyapaga o‘rnatishadi, shoxlar magnitlar bilan shlyapaga biriktirilgan, shunda ularni tanaffuslar orasida yechib qo‘yish mumkin edi.

Soxta yonoq suyaklari implantlar tayyorlash uchun ishlatiladigan silikondan qilingan. Material shaffof va teri rangiga o‘xshash bo‘lgani uchun bo‘yoqlardan foydalanishga hojat yo‘q edi.

Margo Robbi “Tonya hammaga qarshi” filmi uchun ko‘z shaklini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan

Foto: AdMe

Mashhur figurali uchuvchi Tonya Xarding hayotining turli davrlarini tasvirlash uchun suratga olish guruhi ba'zi hiyla-nayranglarga murojaat qildi. Misol uchun, qahramon katta bo‘lgan sahnalarda Margo burni, yonoqlari va hatto bo‘yniga protez kiygan.

Odatdagi quyuq ranglar o‘rniga aktrisaning yonoqlari va burunlariga yengilroq vositalar qo‘llanilgan. Bundan tashqari, Tonyaga ko‘proq o‘xshash uchun aktrisaning ko‘z burchaklari yelim bilan pastga tortilgan.

Ben Afflek  “Armageddon” filmidagi tabassumini chiroyli qilish uchun 20 ming dollar to‘lagan

Foto: AdMe

Film rejissori Maykl Bey qahramonlar haqida o‘z tasavvuriga ega edi. U Ben Afflekning qahramonini quyoshda chiniqqan gavdali va qordek oppoq tabassumli baquvvat erkak sifatida tasavvur qiladi. Shu sababli aktyor o‘zini mukammal jismoniy shaklga keltirishi kerak edi, shuningdek, tishlarini oqartirishi kerak edi.

Bayning so‘zlariga ko‘ra, stomatolog xizmatlari aktyorga 20 ming dollarga tushgan. Qizig‘i, qahramon dunyoni qutqarib qolgan sahnalardagina uning mukammal tishlarni ko‘rish mumkin. Filmning qolgan qismida Afflek tabiiy tishlari bilan namoyon bo‘ladi.

“Oltinchi tuyg‘u”ning ba’zi sahnalari noldan past haroratda suratga olingan

Foto: AdMe

Filmdagi aktyorlarning nafasi ko‘ringan sahnalar “sovitkich” pavilyonlarida suratga olingan. Butun suratga olish guruhi ulkan plyonka bilan qoplangan, keyin xonaga muzli havo yuborilgan va aktyorlar o‘sha xonaga kirishgan. Shuning uchun qahramonlarning sovqotgani ishonarli chiqqan.

Kris Evans “Qasoskorlar” filmining so‘nggi sahnasini suratga olish uchun plastik jag‘ qo‘ydirishiga to‘g‘ri kelgan

Foto: AdMe

Film oxirida qahramonlar restoranda o‘tirib, shaurmadan zavqlanayotgan sahna ko‘rinadi. Bu kadr keskin finaldan keyin Qasoskorlar qanchalik charchaganini ko‘rsatish uchun so‘nggi daqiqada qo‘shilgan. Agar diqqat bilan qarasangiz, kapitan Amerikadan tashqari hamma ovqatlanayotganini ko‘rish mumkin. Chunki bu epizod suratga olinayotganda Kris Evans allaqachon boshqa rolga tayyorgarlik ko‘rayotgan va soqolini o‘stirgandi. Aktyorning soqolini jag‘ protezi ostiga yashirishga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »