Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba iste’foga chiqishi mumkin. Zelenskiy ofisida 42 yoshli diplomatga nisbatan ishonch pasaydi. Bu haqda zn.ua xabar berdi.

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kulebaga xayrixoh bo‘lsa-da, elchilarni tayinlash va tashqi siyosatga oid qarorlar qabul qilishda tashqi ishlar vazirining taʼsiri pasaygani aytilmoqda.

E’tiborlisi, Ukrainaning yigirmaga yaqin elchixonalari, jumladan, Belgiya, Buyuk Britaniya va Vengriyadagi elchixonalar rahbariyatsiz qolganiga qaramay, Zelenskiy vazirning elchi lavozimlariga takliflarini rad etmoqda yoki ularni tayinlashni kechiktirmoqda.

“Tashqi ishlar vaziri ta’sirining pasayishiga Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Kulebani nafaqat tashqi siyosatda, balki Zelenskiyga ma’lumot yetkazib berishda ham raqobatchi sifatida qarashi sabab bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Kuleba o‘rnini Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Andrey Sibiga egallashi mumkin. Muqobil nomzodlar orasida parlament tashqi siyosat va parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi raisi Aleksandr Merejko ham bor.

“Merejkoning Tashqi ishlar vazirligiga yangi rahbar etib tayinlanishi prezidentning diplomatik xizmatga ishonchsizligi davom etayotganini ko‘rsatadi, biroq u Yermakka sodiqlik bilan juda mos keladi”, — deb ta’kidladi gazeta kuzatuvchisi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »