Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1,4 milliard aholisi bor Hindistonda kambag‘allar juda ko‘p, ammo boylar ham anchagina. Vaqti-vaqti bilan hind milliarderlari butun dunyo uchun ziyofat uyushtirib, sarf-xarajatlari ko‘lami bilan sayyorani hayratda qoldiradi. 2018-yilda yana bir shov-shuvli nikoh bo‘lib o‘tdi: mamlakatning eng badavlat odami, biznesmen Mukesh Ambani qizini turmushga berdi. Mehmonlar orasida Hillari Klinton, Natalya Vodyanova va Beyonse bo‘lgan to‘y unga 100 million dollarga tushdi.

Foto: Getty Images

Badavlat merosxo‘rlar

Hindistonning eng badavlat odami (bu mamlakatda doimiy yashovchilar orasida) Mukesh Ambanini mustaqil ravishda karyera qurgan va ulkan boylik orttirgan muvaffaqiyatli odam deb bo‘lmaydi. Mukesh shunchaki omadli edi: uning tadbirkor Dhirubxay Ambanidek otasi bor edi

1966-yilda Dhirubxay Reliance Industries kompaniyasiga asos soladi, keyinchalik u Hindistonning eng yirik korporatsiyalaridan biriga aylanadi. Aslida Mukesh Ambani otasining faoliyati uchun uning tug‘ilgan joyi Hindiston emas, balki ekzotik Yaman bo‘lganligi uchun qarzdor. U 1957-yilda otasi A.Besse & Co kompaniyasida ishlab, o‘z biznesi uchun kapital yig‘ib yurganida tug‘ilgan. Birinchi farzandi tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay, oila o‘z vataniga qaytadi.

Dastlab to‘qimachilik bilan shug‘ullangan Ambani kompaniyasi yirik xolding kompaniyasiga aylanadi. Faoliyatining asosiy yo‘nalishi neft va gaz bo‘lgan, keyinchalik esa energetika va kimyo sohasi ham qo‘shilgan. Dhirubxay hukmronlik qilish uchun bo‘linish kerakligini bilardi — bunday paytda biznesni diversifikatsiya qilish kerak. 1977-yilda Reliance Industries birjaga chiqadi va ishlab chiqarishga moliyaviy operatsiyalar qo‘shiladi.

Foto: Getty Images

2002-yilda Dxirubxai 70 yoshga to‘lmasdan vafot etadi. Biznesni o‘g‘illari — kattasi Mukesh va kichigi Anil meros qilib oladi. Anil alohida Reliance Anil Dhirubhai Ambani Group kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazadi va akasini gaz narxi bo‘yicha sudga beradi: biri ikkinchisini dempingda (tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, o‘rtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri) ayblaydi. Biroq o‘sib borayotgan Hindiston iqtisodiyoti 2008-yilgi inqirozga qaramay, ikkalasini ham to‘liq ta’minlaydi.

2017-yilgi Forbes reytingida Mukesh Ambani boyligi 23 milliard dollarga, 2020-yilda esa deyarli 65 milliard dollarga baholangan.

Yaqin yillarda Mukesh Ambani kambag‘al bo‘lmasligiga, uning farzandlari — o‘g‘illari Akash va Anant, qizi Ishaga boy meros qoladi, deb ishonishga barcha asoslar bor. Isha egizak akasi Akash bilan birga Mukesh Ambani va uning rafiqasi Nitaning to‘ng‘ich farzandi hisoblanadi. Ular 1991-yil 23-oktabrda Mumbayda tug‘ilgan. Egizaklarning o‘zlaridan to‘rt yosh kichik Anant ismli ukasi ham bor.

Foto: Getty Images

Isha va Akash biznes sohasida mukammal ta’lim olishadi: otasi naslining jinsidan qat’i nazar, o‘z o‘rniga munosib merosxo‘r tayyorlaydi. 18 yoshida boyligi 660 million dollardan ortiq bo‘lgan Isha yoshlik vasvasalariga berilmaydi, o‘qish bilan faol ravishda shug‘ullanadi. U Yel universiteti, Amerikaning eng nufuzli Ayvi Liga universitetini tamomlagan — u yerda psixologiya va mintaqaviy tadqiqotlar bo‘yicha tahsil olgan, so‘ngra Stenford universiteti Oliy biznes maktabini tamomlagan. U karyerasidagi ilk ishini “Katta to‘rtlik” deb ataladigan konsalting kompaniyasi bo‘lgan McKinsey & Company’da boshlaydi.

Romantikami yoki kelishuv asosidami?

Biroq bu go‘zal va aqlli hind merosxo‘ri karyerasining boshlanishi edi. Bakalavr darajasini olgandan so‘ng, otasi uni o‘z korporatsiyasining sho‘ba korxonalari direktorlar kengashiga tanishtiradi. 2015-yilda Isha Ambani nomi allaqachon Osiyoning eng nufuzli ishbilarmon ayollari reytingida — ro‘yxatning birinchi o‘ntaligida paydo bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Ammo zerikarli pul operatsiyalar yosh millionerning ijodiy impulslarini qoniqtirmaydi va u vaqtining bir qismini modaga bag‘ishlaydi. Isha AJIO kiyim-kechaklar veb-saytini ishga tushiradi (oilaviy xolding kompaniyalaridan biri Reliance Retail homiyligida). Premyera Lakme Fashion Week moda haftaligida bo‘lib o‘tadi.

Isha o‘qishini 2018-yilda bitirib, darhol turmushga chiqadi. 7-may kuni u yosh (o‘zidan atigi olti yosh katta) tadbirkor Anand Piramal bilan unashtirilgani e’lon qilinadi.

Foto: Getty Images

XX asrdagi inqilobiy o‘zgarishlarga qaramay patriarxal jamiyatda kuyovning kelindan ko‘ra boyroq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ammo Anand kelinga atigi 4,3 milliard dollar taklif qilishi mumkin edi, bu Mukesh Ambani boyligidan bir necha baravar kam.

Shunga qaramay, Piramal boy merosxo‘rning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. U ham juda badavlat oilada tug‘ilgan (otasi, tadbirkor Ajay Piramal 1984-yilda Piramal kompaniyasiga asos solgan). Yigit AQSHda o‘qigan: avval Pensilvaniya universitetini, keyin Garvard biznes maktabini tamomlagan.

Foto: Getty Images

O‘z bilimlarini ishga solgan Anand Piramal Realty rieltorlik kompaniyasiga asos soladi va to‘ydan bir yil avval ushbu sohadagi eng istiqbolli yosh tadbirkorlardan biri sifatida “Hurun India—2017” mukofotini qo‘lga kiritadi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng, kichik Piramal otasining kompaniyasida bosh direktor lavozimini egallaydi va Piramal Realty kompaniyasidan tashqari, Piramal Swasthya tibbiyot muassasalari tarmog‘iga rahbarlik qiladi.

​Millionlab dollarga shaxsiy samolyotlar va Beyonse

Ikki yirik kompaniya merosxo‘rlarining nikohi qay darajada romantik tuyg‘ular bilan bog‘langani va ikki oilaning biznes manfaatlari bunga qay darajada ta’sir qilganini aniqlash qiyin. Hindistonda kapitalni “nikoh bayrog‘i” ostida birlashtirish odatiy hol. Aytgancha, Ishaning ukasi Anant Ambani bolaligidan ortiqcha vazn bilan kurashgan, yaqinda esa 100 kilogrammdan ortiq vazn yo‘qotdi va 2023-yil boshida go‘zal va boy — Hindistonning Encore Healthcare Private Limited korporatsiyasi rahbarining qizi Radhika Merchantga uylandi.

Foto: Getty Images

Hindiston tabloidlarining rasmiy versiyasiga ko‘ra, Isha va Anand o‘rtasida muhabbat bo‘lgan. Ularning ota-onalari bir-birlarini anchadan beri bilgan va biznesdagi ilk qadamlarini ham birga qo‘yishgan. Yoshlarning unashtirish marosimida boshlovchi Mukeshdan qizining do‘stining o‘g‘li bilan bolalikdagi do‘stligi yanada ko‘proq narsaga aylanishi mumkinligini qachon anglaganini so‘raganida: “U boyo‘g‘lidan to‘rg‘ayga aylanganida”, deb javob qilgan milliarder jilmayib. Ish kunini erta boshlaydigan sevgilisi bilan iloji boricha ko‘proq muloqot qilish uchun Isha kech yotib, kech turish odatini o‘zgartiradi.

Anand va Ishaning to‘yi Udaypurdagi hashamatli Taj Lake Palace mehmonxonasida rasmiy marosim bilan boshlandi. Kelin-kuyov, ularning ota-onalari va 2 000 ga yaqin mehmonlar Ambani oilasining Mumbaydagi 27 qavatli qarorgohi Antilliyaga bayram qilish uchun ko‘chib keldi.

Foto: Getty Images
Kelin va kuyovning ota-onasi to‘y tantanalari, tansiq taomlar, har bir mehmon uchun Dolce & Gabbana bilaguzuklari, 100 ta shaxsiy samolyot va to‘y uchun bron qilingan Mumbayning eng yaxshi beshta mehmonxonasida turarjoy uchun 100 million dollar ajratgan.
Foto: Getty Images

To‘yga kelgan mehmonlar ham matbuotda alohida qiziqish uyg‘otdi. Eng ko‘p tilga olingan personaj AQSH sobiq davlat kotibi Xillari Klinton edi: to‘yni yoritayotgan deyarli barcha OAVlar uning hind kino yulduzi, “Bollivud qiroli” Shohrux Xon bilan raqsga tushganini eslatib o‘tdi. To‘yga, shuningdek, AQSH davlat kotibi Jon Kerri ham keldi. Bu darajadagi siyosatchilarni oilaviy bayramga taklif qilish nafaqat nikoh, balki siyosiy maqsadlarni ham ko‘zlaydi, degan mish-mishlar tarqaldi.

Foto: Getty Images

Milliarder qizining to‘yida dunyoga mashhur ikki aktrisa — Aishvarya Ray va Priyanka Chopra ham ishtirok etdi. Rossiya-Yevropa moda elitasi nomidan supermodel Natalya Vodyanova ham o‘sha yerda edi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Musiqiy dasturning diqqatga sazovor joyi Perfect va Crazy In Love qo‘shiqlarini kuylagan Beyonse bo‘ldi. Xonanda sahnaga Jashan modalar uyi dizayneri Abu Yani Sandipning kristallar bilan bezatilgan qip-qizil libosida chiqdi. Libos an’anaviy hind sarisiga o‘xshardi, o‘ta ochiq uslubda tikilgandi.

Beyonse to‘ydagi chiqishi uchun 6 million dollar olgan

Foto: Getty Images

Kelin an’anaviy hind uslubida kiyingan — egnidagi sarisi oltin qo‘shib tikilgan. Uning xina bilan bo‘yalgan kaftlari olmos uzuklar va marvarid bilakuzuklar bilan bezatilgan. Ishaning marjonlari, sirg‘alari va bosh kiyimlarida olmoslar porlab turardi. Anand ham kamtarona ko‘rinadigan qora libos — hindlarning an’anaviy erkaklar kiyimida bo‘lsa ham libos olmos tugmalar bilan bezatilgan. Rasmiy qismdan so‘ng kelin-kuyov Yevropa liboslariga o‘tishdi.

Foto: Getty Images

Milliarder Ambani urf-odatlarga hurmat va yoshlarning farovonligi uchun nafaqat mehmonlari — boy va farovon odamlarni, balki ko‘chadagi oddiy kambag‘allarni ham xursand qilishga qaror qildi. To‘rt kun davomida eng boy hind qizining to‘yi sharafiga tantanalar davom etar ekan, uning besh mingdan ortiq kambag‘al vatandoshlari bepul issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »