Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh prokuratura “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli joylarga chiqqan holda o‘rganilayotgani va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan mansabdorlarga chora ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, birgina Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘chatlar sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga ekilishi hamda masʼullarning eʼtiborsizligi natijasida jami 333,1 ming tup ko‘chat nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan, bajarilgan ishlar hajmiga elektron platforma orqali amalda ekilmagan jami 136,1 ming tup ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida esa obodonlashtirish xizmati tomonidan jamoat joylarida 127,5 ming tup ko‘chat ekilgani qayd etilsa-da, amalda ko‘chatlarning aksariyati (90 foizi) qayta ekish uchun mo‘ljallangan pitomniklardagi qalamchalar bo‘lib, markaziy ko‘chalarga ekilgan ko‘chatlarning 30 foizi sug‘orilmagani va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani natijasida qurib, o‘suvchanlik qobiliyatini yo‘qotgan.

Sirdaryo viloyatida jami 1 355 tup daraxt ko‘chatlari, Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida ekilgan 3,5 ming tup ko‘chatning yarmidan ko‘pi qarovsizlik oqibatida nobud bo‘lgan.

Shuningdek, Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2 435 tup amalda ekilmagan ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilib, budjetdan ajratilgan mablag‘lar obodonlashtirish tizimi xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan.

“Hozirga kelib, o‘z vazifalarini bajarishga masʼuliyatsizlik bilan qarab, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan 29 nafar mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoralar rahbarlarining qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalasi hal etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistondagi yashil maydonlar 6 million 673 ming gektarni tashkil etadi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup daraxt ekish belgilangani nazarda tutilgan. O‘tgan 2021-yilda respublikada 85 million tup, 2022-yilda jami 202,7 million tup daraxt ko‘chatlari ekilgan. Joriy yilning bahorgi mavsumida hududlarga 127,7 million tup daraxt o‘tqazilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »