Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Adliya vazirligi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan muntazam ravishda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshirilib, unda jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

  • taʼlim tashkilotlarida yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakat qilish bo‘yicha batafsil uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
  • davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarda ish joylarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
  • jamoat joylarida, taʼlim tashkilotlarida, ish joylarida va turarjoy komplekslarida o‘t o‘chirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

2024-yildan umummilliy kampaniya doirasida har bir hududda tadbirkorlar o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi aʼlochisi” tanlovi o‘tkaziladi.

Mazkur tanlov g‘olibiga 100 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi hamda uning faoliyati 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi. 2024-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash tartibi (yong‘in auditi) joriy etiladi.

2023-yil 1-sentabrdan Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlariga quyidagi vakolatlar beriladi (tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan obyektlarda):

  • bir yilda ko‘pi bilan bir martadan batafsil (dastlabki) tekshiruv va nazorat tekshiruvini o‘tkazish;
  • jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tezkor tekshiruvlar o‘tkazish;
  • bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ko‘p odam to‘planadigan obyektlarda (bozorlar, savdo-ko‘ngilochar majmualari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalar) davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan har chorakda kamida bir marotaba monitoring va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish.

2023-yil 1-noyabrdan davlat yong‘in nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.

Bunda davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan xulosa berish muddati 7 kun etib belgilanadi.

2024-yil 1-yanvardan bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlarni yong‘in hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mulkini yong‘in va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida, bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar mulkdorlarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-noyabrgacha tekshiruvlar jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va tezkor axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish hisobidan davlat yong‘in nazorati inspektorlarining faoliyatini takomillashtirish imkonini beruvchi “E-inspektor” apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi.

Bundan oldin Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasida joylashgan ikki qavatli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani, Farg‘onada karaoke kafesida yuz bergan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 5-avgust kuni esa Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chortoq tumanidagi bozorda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »