Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Ukraina ommaviy axborot vositalari Qrim ko‘prigi yaqinida, Kerch bo‘g‘ozi hududida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.

Kerch bo‘g‘oziga dron hujumi oqibatida Rossiya tankeri zarar ko‘rdi, deb yozmoqda OAV. Xabarlarga ko‘ra, gap Rossiyaning Sig neft tankeri haqida ketmoqda. Sig Qrimdan AQSH sanksiyalari ostida bo‘lgan Suriyaga avia yonilg‘i yetkazib berar edi.

Foto: Telegram

Tankerdagi portlash yarimoroldan ko‘rinib turgan, deb xabar bermoqda Brief kanali.

O‘z navbatida, “Krimskiy kanal” Rossiya dengiz flotiga yaqin manbaga tayanib, yozishicha, Kerch bo‘g‘ozidan 30 milya yoki 48 kilometr uzoqlikda tankerga dengiz droni qulagan.

“Sig tankerining urilgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmoqda. Ekipaj tirik, biroq dvigatel xonasi suv ostida qolgan. Shuningdek, kamida bitta dron Qrim ko‘prigining havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Hozir vaziyat barqaror, ammo Qora dengizda dushman faolligi kuzatilmoqda, shuning uchun hujumlar yana davom etishi mumkin”, — deb xabar berdi urush tarafdori bo‘lgan Rossiyaning “Ribar” Telegram kanali.

Avvalroq mahalliy aholi Qrim ko‘prigi hududida portlash ovozi eshitilgani va yong‘in chiqqani haqida xabar bergandi. Zaporojye viloyati vakili Vladimir Rogov “Qrim ko‘prigiga uchuvchisiz uchoqlarning yirik hujumi” haqida gapirgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya havo mudofaasi uchta yerusti dronini urib tushirgan, ammo hujum davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »