Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokistonning qamoqdagi sobiq bosh vaziri Imron Xonning partiyasi siyosatchining “hayoti xavf ostida” ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: mysanantonio.com

70 yoshli Xon Islomoboddagi sud tomonidan korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanganidan so‘ng hibsga olindi va uch yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Xonning Pokiston Tehrik-e-Insaf (PTI) partiyasi raisi o‘rinbosari Shoh Mahmud Qurayshiy siyosatchiga so‘nggi ikki kun davomida advokatlari bilan uchrashishga ruxsat berilmaganini aytdi.

U partiya rahbariyati Xonning ahvolidan “juda xavotirda” ekanini bildirdi.

“Bizning ustuvor vazifamiz Xonning xavfsizligidir. Uning hayoti xavf ostida ekaniga ishonish uchun asoslarimiz bor va buni mamlakatning yuqori sudlari e’tiborga olishini so‘rayman. Biz adolat g‘alaba qozonishiga umid qilamiz”, — dedi Pokiston sobiq tashqi ishlar vaziri Qurayshiy.

U Xon saqlanayotgan qamoqxonada qulay sharoit yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

“Xonga mahbuslik huquqi berilmagan. Biz u bilan ko‘rishishda qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. Unga qanday ovqat berilayotgani, qanday munosabatda bo‘layotganini bilmaymiz”.
Sud qaroriga ko‘ra, uni Adiala qamoqxonasiga o‘tkazish kerak edi, lekin buning o‘rniga uni Attok qamoqxonasiga olib ketishdi va hech kim bizga nega bunday bo‘lganini tushuntirmadi”, — deydi Qurayshiy

Attok Panjobdagi Ravalpindi garnizon shahridan 100 kilometr shimolda joylashgan. Pokiston rasmiylari hozircha qamoqxonadagi o‘zgarishlar bo‘yicha hech qanday izoh bermagan.

“Imron Xon kichkina, bir kishilik kamerada saqlanmoqda”, — deydi qonunchi.

Xon bosh vazir bo‘lganida chet el hukumatlari va rasmiylaridan olgan sovg‘alari haqida Pokiston Saylov komissiyasiga yolg‘on bayonot bergani uchun qamalgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »