Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha olib borilgan muzokaralarda ma’lum natijaga erishildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Vazirlikka ko‘ra, Saudiyada bo‘lib o‘tgan sammit “xalqaro konsensusni mustahkamlashga” yordam berdi. Xitoy tadbirga Rossiyadagi sobiq elchisi, Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maxsus elchi Li Xueyni yubordi. Diplomat “Ukrainadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha barcha tomonlar bilan keng ko‘lamli aloqa va muloqotlar o‘tkazgan”.

“Diplomat barcha tomonlarning fikr va takliflarini tinglagan hamda xalqaro konsensusni yanada mustahkamlashni ilgari surgan”, — deyiladi xabarda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, “barcha tomonlar Li Xueyning ishtirokini ijobiy baholagan va Xitoyning tinchlik muzokaralariga ko‘maklashishdagi ijobiy rolini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan”.

Pekin NATOga a’zo Daniyadagi avvalgi muzokaralarga qo‘shilishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, Rossiya taklif etilmagan Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda qatnashdi.

“Pekin tobora ko‘proq tinchlik saʼy-harakatlariga eʼtibor qaratmoqda, biroq u Xitoy boshchiligidagi tinchlik tashabbusi hozirda G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ham biladi. Xitoy G‘arb boshchiligidagi boshqa ishonchli tinchlik tashabbuslaridan chetda qolishni istamaydi”, — deydi Vashingtondagi Stimson tahlil markazining Xitoy dasturi direktori Yun Sun.

Rossiyaning pozitsiyasi

Rossiya tomoni Jiddaga taklif qilinmagan, Kreml 31-iyul kuni “Rossiya bu uchrashuvni kuzatishini” maʼlum qildi. O‘shanda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov “muzokara ishtirokchilari o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygani va nima haqida gaplashmoqchi ekanini to‘liq tushunish kerak”ligini bildirdi.

TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova 2-avgust kuni Rossiya Jiddadagi uchrashuvni “Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzish”ga urinish sifatida baholashini aytdi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 6-avgust kuni “urushni tugatish istagini qoralash qiyin”, deb ta’kidladi.

tarixiy kontekst va hozirgi voqelikni inobatga olish kerakligini aytdi. Medvedev konfliktning har ikki tomonining ishtiroki kabi shartlar bajarilsagina, tinchlik takliflari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »