Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, Tojikiston chegara nazoratini kuchaytirdi va postlar sonini 100 dan oshirdi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Tojikistonning “Tolibon” hukumatini tan olish masalasidagi pozitsiyasi o‘zgarmagan va barqaror. 2021-yil avgustida “Tolibon” hokimiyatni egallagach, Tojikiston hukumati chegaradosh hududlarida xavf kuchayayotganidan xavotir bildirib, ko‘plab terrorchilik guruhlari qo‘shni davlat hududida to‘planganini aytdi.

Tojikiston rasmiylari avvalroq bir nechta yangi chegara postlari qurilishi va ularni Afg‘oniston bilan chegaraga o‘tkazish haqida xabar bergandi.

“Bu davlat bilan qo‘shniligimizni hisobga olib, biz iqtisodiy hamkorlikni to‘xtatmaymiz. Chunki Afg‘oniston xalqining Tojikiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, avvalo, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga bog‘liq.
Tojikiston o‘zining barcha transport yo‘laklarini qo‘shni davlatlar va bu davlatga insonparvarlik yordami ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xalqaro tashkilotlar ixtiyoriga berdi. Ammo siyosiy munosabatga kelsak, Tojikistonning ‘Tolibon’ga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmagan va barqaror”, — dedi Tojikiston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Xayriddin Usmonzoda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »