Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikistonning Xatlon viloyatidan o‘tgan Dushanbe—Ko‘lob—Xoro‘g‘ avtomobil yo‘lida 6-avgust kuni kechqurun dahshatli avariya yuz berdi. Hodisada 10 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Asia-Plus portali. Yuk mashinasi bir nechta yengil mashinalarni bosib ketgan, so‘ng uylarga borib urilgan.

Foto: Ozodi

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi suhbatdoshining portalga aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n kishi halok bo‘lgan, 13 kishi jarohatlangan. Ulardan ikki nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolganlari kasalxonaga yotqizilgan.

Respublika prezidenti huzuridagi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi 14 kishi jabrlanganini ma’lum qildi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, hodisaga yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgani sabab bo‘lgan. YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon nomidan ichki ishlar vaziri va sog‘liqni saqlash vaziri voqea joyiga yetib kelgan.

Avvalroq Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yuz bergan yirik avariya oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »