Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina konstitutsiyasi harbiy holat davrida Ukraina Oliy Radasiga saylovlar o‘tkazishga bilvosita ruxsat bermaydi. Bunday sharoitda saylov o‘tkazish imkoniyati bo‘yicha yakuniy qarorni faqat Konstitutsiyaviy sud qabul qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Oliy Radadagi vakili, parlamentning milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi a’zosi Fyodor Venislavskiy jurnalistlarning savoliga javoban aytib o‘tdi.

Foto: Arxiv / “Vibor24”

U Ukraina xalq deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini Markaziy saylov komissiyasi tashkillashtirishini eslatdi. Konstitutsiya va saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylov jarayoni qachon boshlanishini aynan MSK belgilashi kerak. Ukraina konstitutsiyasining 83-moddasiga ko‘ra, harbiy holat davrida Ukraina Oliy Radasining vakolat muddati tugagan taqdirda, uning vakolatlari harbiy holat bekor qilingandan keyin saylangan parlamentning birinchi sessiyasining birinchi majlisi kunigacha uzaytiriladi.

“To‘g‘ridan to‘g‘ri taqiq yo‘q. Kimlardir urush holatida saylov o‘tkazish mumkin, deydi. Lekin menimcha, konstitutsiya bunday saylovlarni o‘tkazishga bilvosita ruxsat bermaydi. Ammo Konstitutsiyaviy sud yakuniy qarorni qabul qilishi mumkin”, — ta’kidladi Venislavskiy.

Shu bilan birga, prezident vakili harbiy holat rejimi davrida Ukraina parlamentiga saylov o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb bilmasligini, chunki saylov jarayonida ishtirokchilar xavfsizligini kafolatlashning iloji yo‘qligini ta’kidladi.

Maʼlumot uchun Ukrainada 2023-yil oktabr oyida Oliy Rada deputatlari uchun, 2024-yil martida Ukraina prezidentligi uchun saylovlar, 2025-yilning oktabr oyida esa mahalliy saylovlar o‘tkazilishi kerak.

28-iyul kuni Oliy Rada raisi Ruslan Stefanchuk konstitutsiya urush davrida saylov o‘tkazishni taqiqlamasligini aytdi. Bu rezonansga sabab bo‘ldi, ko‘plab siyosatchilar va huquqshunoslar Oliy Radaga saylovlarni harbiy holat paytida o‘tkazish mumkin emasligini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »