Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilda Rossiya prezidentligi saylovlarida 90 foizdan ortiq ovoz Vladimir Putinning qayta saylanishi uchun beriladi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov The New York Times’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: AP Photo
“Bizning prezidentlik saylovlari aynan demokratiya emas, u qimmatbaho byurokratiya. Putin kelasi yili 90 foizdan ortiq ovoz bilan qayta saylanadi”, — dedi Kreml matbuot kotibi.

Peskov Rossiya-Ukraina urushi istiqbollari haqida ham fikr bildirdi. U hozircha tinchlik kelishuvini imzolash uchun asoslar yo‘qligi va Rossiya “maxsus harbiy operatsiya”ni davom ettirishini bildirdi.

Rossiya qo‘shib olingan to‘rtta viloyatdan tashqari yana ko‘p Ukraina hududlarini egallashga intilyaptimi, degan savolga u shunday javob berdi:

 “Yo‘q. Biz faqat konstitutsiyamizda bizniki deb yozilgan barcha yerlarni nazorat qilishni istaymiz”.

Ukraina hududlari noqonuniy anneksiya qilinganidan keyin Rossiya Konstitutsiyasi o‘zini o‘zi eʼlon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini, Xerson va Zaporojye viloyatlarining bosib olingan qismlarini Rossiya viloyatlari ro‘yxatiga kiritgan.

Peskov tegishli intervyusi e’lon qilingach, The New York Times uning 2024-yilgi saylovlar haqidagi so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilib, Putinning “90 foizdan ortiq ovoz” bilan g‘alaba qozonishi haqida yozganini aytdi.

Nashr Kreml matbuot kotibining mazkur bayonotiga hali munosabat bildirmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »