Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha va maktab ta’limi tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit berish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston—2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab nodavlat maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga 7 foizlik stavkada 10 yil muddatga kredit berish amaliyotini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

  • yuridik shaxslarning maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotini qurishga sarf etiladigan xarajatlarini barcha soliqlardan to‘liq ozod etish; 
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya olish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibini joriy etish; 
  • umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturini amalga oshirish, uning doirasida 2023/2024-o‘quv yilida 500 ming yangi o‘quvchi o‘rni tashkil etish. 

Prezident Administratsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasining muhokama jarayoni 15-avgustgacha davom etadi. 

Avvalroq “O‘zbekiston—2030” strategiyasi loyihasida O‘zbekistonda maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining ish haqini ikki barobar oshirish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »