Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH bir yil avval sobiq bosh vazir Imron Xonning lavozimdan ketishiga ta’sir o‘tkazmagan. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif We News saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shu bilan birga u Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarning yaxshilanganini ham ma’lum qildi.

“Imron Xon o‘zining hokimiyatdan chetlatilishiga Amerika fitnasi sabab bo‘lgan deb hisoblardi. Agar bu fitna mavjud bo‘lsa, hozirgi hukumatimiz tuzilarmidi? Rossiya neftini olib, Xitoy bilan munosabatlarni tiklay olarmidik”, — deya Shahboz Sharifning so‘zlarini keltirgan We News nashri.
Foto: “Geopolitica.ru”

Shuningdek, u Imron Xon Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni sezilarli darajada yomonlashtirganini, shuning uchun amaldagi hukumat ularni yaxshilashi kerakligini ta’kidladi.

“Biz quyi darajaga tushib ketgan munosabatlarni normallashtirish uchun juda ko‘p harakat qilishimiz kerak”, — dedi Pokiston bosh vaziri.

5-avgust kuni Islomobod sudi Pokiston sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi yetakchisi Imron Xonni hukumat omboridan qimmatbaho buyumlarni firibgarlik yo‘li bilan sotgani uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Shuningdek, hukm Xonni besh yilga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum qilishni ham nazarda tutadi. Sobiq bosh vazir hukm chiqarilganidan ko‘p o‘tmay, Lahordagi qarorgohida hibsga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »