Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonni hukumat rahbari bo‘lib ishlagan paytda olgan sovg‘alari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishga oid korrupsiyada aybdor deb topdi va uni uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Foto: EPA

Dawn nashriga ko‘ra, sud zaliga faqat advokatlar kiritilgan. Sud majlisi vaqtida namoyishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun sud binosi tashqarisida qo‘shimcha politsiya kuchlari navbatchilik qilgan.

Imron Xon 2018-yildan 2022-yilgacha Pokiston bosh vaziri bo‘lgan edi. 2022-yil aprel oyida unga ishonchsizlik votumi berildi. Oktabr oyida Xon saylovdan chetlashtirildi va besh yilga davlat lavozimini egallash huquqidan mahrum etildi.

2023-yilning 9-may kuni Imron Xon politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U va rafiqasi Bushra Bibi korrupsiyada hamda Al-Qadr universitetini tashkil etish davomida Al-Qadeer Trust oilaviy fondidan budjetdan 50 milliard Pokiston rupiysini (taxminan 175 million dollar) o‘g‘irlash maqsadida foydalanganlikda ayblandi. 10-may kuni sud Xonni hibsga oldi, bu esa mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. 11-may kuni hibsga olish noqonuniy deb topildi va sobiq bosh vazir garov evaziga ozod qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »