Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kreml Shvetsiyani obro‘sizlantirish va uning NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mamlakatga qarshi maqsadli axborot kampaniyasini boshladi, deb yozmoqda The New York Times Shvetsiya Mudofaa vazirligi qoshidagi Psixologik mudofaa agentligiga tayanib.

Foto: Shutterstock

Agentlik Rossiyani Stokgolmda Qur’on yoqib yuborilgan aksiyalardan o‘z manfaati uchun foydalanganlikda ochiq ayblamoqda. Agentlik ijrochi direktori Mikael Tofvessonning ta’kidlashicha, Rossiya bunday aksiyalar haqidagi xabarlarning tarqatilishini “misli ko‘rilmagan darajaga” chiqargan.

Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi Turkiyaning e’tirozlari tufayli to‘xtab turibdi.

NYT maʼlumotlariga ko‘ra, ayrim tadqiqotchilar Rossiya bunday namoyishlarni uyushtirishda bevosita ishtirok etganiga ishonadi. Misol sifatida Qur’onni yoqish bo‘yicha daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan tomonidan uyushtirilgan ilk aksiyalardan biri keltiriladi. Namoyish o‘tkazish uchun ruxsatnoma 320 kron (taxminan 30 dollar) turadi, pulni avval Rossiya OAVda ishlagan shved jurnalisti Chang Frik to‘lagan, deb yozadi gazeta.

Yana bir namoyishchi Salvan Momika Qur’onni yoqish bo‘yicha bir qator kichik namoyishlarga boshchilik qildi, bu Iroqda ikki marta namoyishlarga sabab bo‘ldi, ulardan biri Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga hujum bilan tugadi. Gazetaning yozishicha, Momika jurnalistlarga o‘z harakatining sabablari haqidagi savollariga elektron pochta orqali javob berishga rozi bo‘lgan, biroq Rossiya bilan aloqalari haqida so‘ralganida javob qaytarishni to‘xtatgan.

Stokgolmda Qur’on yoqilganidan keyin Yamandagi norozilik namoyishi. 2023-yil 24-iyul
Foto: dpa
Pokistonda namoyishchilar Shvetsiya bayrog‘ini yoqyapti. 2023-yil 5-iyul
Foto: EPA

Shvetsiya Psixologik mudofaa agentligi rahbari Magnus Xort Rossiyaning Shvetsiyadagi norozilik namoyishlariga ehtimoliy aloqasi haqidagi ma’lumotga izoh bermadi.

“Agar demokratik jamiyatda yashasangiz, jamoatchilikni dezinformatsiyadan himoya qilishning eng yaxshi yo‘li —  aholining tahdid va zaifliklardan xabardorligini oshirish, shunda ular to‘g‘ri qaror qabul qila oladi. Shvedchasiga shunaqa”, — dedi Mikael Tofvesson

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »