Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shukurulloxon Nisbatxonov Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda  matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 11-avgust kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimidan ozod etilgan Adham Ziyavitdinov o‘rniga yangi shahar hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rilgan.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Shukurulloxon Nisbatxonov nomzodi Marg‘ilon shahar deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Bahodir Xoliqov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shu paytgacha Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Xoliqovni Rishton tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari Rishton tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.

Iyul oxirida o‘z hududida ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Rishton tumani hokimi S.Soliyev, Marg‘ilon shahar hokimi A.Ziyavitdinov egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »