Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xorazmda o‘qituvchilar maktabni tozalash ishlariga jalb etilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Telegram / “Eltuz”

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangibozor tumani 28-maktabda o‘qituvchilarning maktabni tozalash ishlariga jalb qilingani haqidagi xabar Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

Unga ko‘ra, tashkilot rahbariga nisbatan xodimlarni Mehnat kodeksining 115-moddasiga zid ravishda mehnat shartnomasida korsatilmagan, o‘z xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilingani sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi (mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llangan.

Avgust boshlarida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ishdan olingandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi maktabni ta’mirlash uchun pul yig‘ilayotgani aytildi. Iyunda esa Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi maktabda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilgani haqida tarqalgan xabarlar ortidan direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga chora ko‘rilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »