Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sinoptiklari sayyoradagi o‘rtacha haroratning oshishiga sabab bo‘lgan El-Nino hodisasi 2024-yilning fevraligacha davom etishiga 95 foiz ishonch bildirmoqda. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

Foto: kubnews.ru

El-Nino — kuchli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinch okeanidagi suv haroratining davriy ravishda oshishi. U butun sayyoradagi iqlimga ta’sir qiladi.

“Iyul oyida Tinch okeanining ekvatorial qismidagi yerusti suvlari harorati o‘rtacha darajadan yuqori bo‘ldi, bu El-Nino hodisasi davom etishidan darak beradi”, — deyiladi Milliy ob-havo xizmati xabarida.

AQSH hukumati meteorologiya agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, El-Nino 2023-yil dekabrdan boshlangan va 2024-yil fevralgacha davom etadi. 

Avvalroq  Leyptsig universiteti olimi Karsten Xaushtayn ham xuddi shunday fikrni ilgari surgandi.

“Sayyoramiz sirtining o‘rtacha harorati bizdagi ishonchli maʼlumotlarga asosan birinchi marta 17 darajaga yetgani global isish tarixidagi ajoyib voqeadir. Endi El-Nino issiq fazasi ham boshlanmoqda, keyingi bir yarim yil ichida ko‘plab yangi rekord kunlar, oylarni, rekord yillik haroratni kutishimiz mumkin”, — degan u.

Mavzuga doir
Izoh

Ibrohimjonning Onasi

14.08.2023, 04:37

"El-Nino hodisasi 2023-yil dekabrda boshlagan" degan jumla biroz g‘aliz emasmi? Dekabr hali kelmadi, lekin boshlanib boʻlgan deyilyapti...

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »