Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniyalik olimlar 2023-yilning iyul oyi insoniyat tarixidagi eng issiq oy bo‘lganini aniqladi. Yer yuzidagi o‘rtacha harorat sanoat davrigacha bo‘lgan darajadan 1,5 daraja ko‘tarildi, deb yozmoqda Euronews.

Foto: EPA

Iyul oyida ayrim hududlarda kuzatilgan noodatiy harorat:

  • Xitoyda 52 daraja;
  • Sardiniyada 48,2  daraja;
  • Jazoirda kechasi 39,6 daraja;
  • Floridada dengiz harorati 37,2 daraja.

Bu yil yanvar oyidan boshlab global harorat har oyda o‘rtacha darajadan yuqorilab kelmoqda. Iyul oyida bu ko‘rsatkich eng cho‘qqiga chiqdi. Ushbu tarixiy rekord ham quruqlikda, ham okeanlarda kuzatilgan jazirama to‘lqinlariga taalluqli, deydi olimlar.

“Bu darajada issiq havo va qizigan yerusti suvlari bir-biridan “rang oladi”. Biz rekord darajadagi haroratga guvoh bo‘lyapmiz, har qachongidan ham issiq haroratga”, — dedi Samanta Byurjess, Yevropa Ittifoqining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Kopernik xizmati direktori o‘rinbosari.

2023-yilning bunchalik issiq kelishiga “El-Ninyo” hodisasi ham sabab bo‘lmoqda.

Hali “El Ninyo” boshlangani yo‘q. U kirib kelishi bilan kelgusida yanada issiq bo‘lishi kutilmoqda. 2024-yilda harorat bundanda yuqori bo‘lishi kutilmoqda, — deya qo‘shimcha qildi iqlimshunos.

Ma’lumot uchun, “El-Ninyo” ekvatorial Tinch okeanining markaziy va sharqiy zonalarida suvning sirt qatlami harorati anomal darajada oshishi bilan tavsiflangan tabiiy hodisa. “El-Ninyo” hodisasi 2-7 yilda bir marta sodir bo‘lib, 9 oydan 12 oygacha davom etadi.

Avvalgi issiqlik rekordi 2019-yilning iyul oyida o‘rnatilgan edi, o‘shanda o‘rtacha global harorat hozirgidan 0,2 daraja past bo‘lgan.

Iqlim o‘zgarishining sabablari qatorida — qazib olinadigan yonilg‘idan keng foydalanish va boshqa inson omillari bor.

Iqlim bo‘yicha xalqaro sammitlarda dunyo yetakchilari atmosferaga CO2 va metan ajralishini kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan taqdirda ham, insoniyat hozir boshdan kechirayotgan issiqlik va ekstremal ob-havo kelgusida yana o‘nlab yillar etadi, deydi olimlar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »