Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sobiq KGB va Rossiya tashqi razvedka xizmati xodimi Sergey Jirnov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni nomladi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Foto: “TASS”
“Hokimiyat tranziti har qanday mamlakatda, hatto eng kannibalistik mamlakatda ham yuz berishi mumkin, chunki odamlar o‘ladi. Putin ham kun kelib vafot etadi. U hokimiyatni tark etadigan va uni o‘rniga boshqa keladigan vaziyat bo‘ladi”, — dedi Jirnov.

U normal sharoitda Rossiya konstitutsiyasiga asosan hokimiyat vaqtincha bosh vazirga o‘tishi, u prezident vafotidan keyin 90 kundan kechiktirmay yangi prezidentlik saylovlarini tashkil qilishini aytdi.

“G’ayritabiiy vaziyat, ham mavjud, ya’ni davlat rahbarining hokimiyatdan ag‘darilishi. Putin nazariy jihatdan Yelsin misolida hokimiyat tranzitini amalga oshirishi mumkin.
U charchadim, ketyapman va mana mening o‘rinbosarim — Dmitriy Medvedev, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning o‘g‘li — qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev, Kiriyenko yoki kimdir deyishi mumkin”, — dedi Jirnov.

Sobiq KGB xodimi Putin hokimiyatni tashlab qo‘ymasligi, hukmronligining dastlabki ikki muddatida ancha xotirjamlik bilan uni bermoqchi bo‘lganini aytdi.

“2008-yildan keyin ham prezident bo‘lib qolmoqchi emas edi. Keyin nimadir o‘zgardi”, — dedi u.

Uning fikricha, har qanday “diktaturada” ko‘pincha davlat to‘ntarishi amalga oshiriladi.

“Bunday vaziyatda uning soqchilari tomonidan o‘ldirilishi ehtimoli yuqori”, — dedi sobiq KGB xodimi.

U bu Federal xavfsizlik xizmati direktori Dmitriy Kochnev yoki prezident qo‘riqchisi Aleksey Rubejnoy tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini aytdi.

“Bu ikki shaxs doimiy ravishda prezident bilan aloqada bo‘lib, uning xavfsizligini ta’minlaydi. Putinni u bilan aloqada bo‘lgan har qanday shaxs o‘ldirishi mumkin”, — dedi Jirnov.

Shuningdek u Rossiya rahbariga Patriarx Kirill, Putinni tan oluvchi mitropolit Tixon Shelkunov yoki Alina Kabayeva ham suiqasd qilishi mumkinligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »