Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin olti oydan keyin yo o‘ladi, yoki qayta isyon boshlaydi. Bunday prognozni tadqiqotchi jurnalist Xristo Grozev Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Yevgeniy Prigojin
Foto: “RIA Novosti”
“Putin televideniyega chiqdi va Prigojinni xoin deb atadi. ‘Xoinlar’ni nima qilishlarini hamma biladi, lekin Putin unday qilmadi. U Prigojinning o‘ligini ko‘rmoqchi. Hozircha bunday qila olmaydi. Olti oydan keyin Prigojin yo o‘ladi, yoki ikkinchi to‘ntarish bo‘ladi”, — dedi Grozev.

Tadqiqotchi Rossiya elitasining biror-bir qismi, harbiy-sanoat kompleksidan tashqari, Ukrainaga qarshi urushni tugatish tashabbusi bilan chiqmasligiga ishonchi komil ekanini aytdi.

“Ular ochiqchasiga gapirmaydi, chunki bu mahbus dilemmasi. Ular birinchi yoki yagona bo‘lishni xohlamaydi”, — deydi Grozev.

Jurnalistning fikricha, Putin ikki ssenariydan biriga ko‘ra ag‘darilishi mumkin.

“Yo mahbus dilemmasi bartaraf qilinadi, yoki yanada muvofiqlashtirilgan to‘ntarish orqali undan xalos bo‘lishadi. Hozircha na oligarxlar orasida, na vazirlar orasida, na FXXda bu kuzatilmayapti. Ammo qolgan elita Shimoliy Koreya kabi muzlatilgan bank hisoblari bilan yashashni istamaydi. Boshqa hodisalar ham yuz berishi mumkin, aytaylik, frontdagi vaziyatning o‘zgarishi”, — deya qo‘shimcha qildi Grozev.

Prigojinning isyoni

23—24-iyun kunlari Rossiyada “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin tomonidan isyon ko‘tarishga urinish bo‘ldi. U “Adolat marshi”ni boshlaganini, uning maqsadi Moskvaga yetib borish ekanini aytdi.

Qo‘zg‘olon paytida Rostov-Don va Voronej qo‘lga olindi, bir nechta vertolyotlar va harbiy samolyotlar urib tushirildi, oqibatda kamida o‘n nafar rus harbiysi o‘ldi.

Putin Prigojinni davlatga xiyonatda aybladi. Biroq Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng Prigojin o‘z jangarilarining Moskvaga yurishini to‘xtatdi. “Vagner” Belarusga ketadigan bo‘ldi va hozir Belarusda faoliyat olib bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »